Yangiliklarga qaytish
Umumiy

SUPERLIGA GʻALABA BILAN BOSHLANDI

2-mart, 2024·1 min o'qish
084A3930

"Neftchi" O'zbekiston chempionatining yangi mavsumini Jizzax shahrida ishonchli qadam bilan boshladi. "So'g'diyona" jamoasi bilan bo'lgan uchrashuvning 15-chi va 62-chi daqiqalarida Effiong Nsungusi tomonidan kiritgan 2 ta gol jamoamizning ilk bellashuvidagi dastlabki g'alabasini ta'minladi.Xattoki, 90(+3) daqiqada mezbonlar tomonidan kiritilgan javob to'pi ham jizzaxliklarni mag'lubiyatdan qutqara olmadi. Yakunda jamoamiz 1:2 hisobidagi ishonchli g'alabaga erishib, muxislarimizni quvontirdi. OFARIN! G'alaba muborak bo'lsin, hurmatli Farg'ona jonkuyar ishqibozlari! Vitaliy Levchenko shogirdlariga 10 mart kuni yana shu stadionda Samarqandning "Dinamo" jamoasi bilan o'tkaziladigan bellashuvda ham omad yor bo'lishini tilaymiz. Superliga 1-tur "So'g'diyona" - "Neftchi" 1:2 02.03.2024, 19:15 Bosh hakam: Asker Najafaliev Yordamchi hakamlar: Ziyodullo Abdurashidov, Alisher Usmonov To'rtinchi hakam: Farrux Yansupov VAR: Aziz Asimov AVAR: Alisher Usmonov Nazoratchi: Baxtiyor Namozov Komissar: Jahongir Rahmatullaev Gol: 0:1 — 14, Effiong Nsungusi, 0:2 — 60, Effiong Nsungusi. "So'g'diyona": 27.Milan Mitrovich; 2.Sardor Qulmatov, 3.Islom Qobilov, 9.Samandar Mavlonqulov, 10.Shohruh Abdurahmonov, 11.Zoran Petrovich, 15.Xondamir Mustafoqulov (17.Samandar Sindarov, 81), 18.Mirjalol Abdumutalov, 22.Aleksey Nosko, 28.Stanislav Andreev, 33.Oleg Zoteev. Zaxira: 1.Shohruh Isoqov, 4.Otabek Ahadov, 5.Jasur Yoqubov, 7.Muhammadsafo Fozilov, 8.Vladimir Yovovich, 47.Lyupcho Doriev, 32.Nodir Soyibov, 90.Ulug'bek Kenjaev. "Neftchi": 35.Sanjar Quvvatov, 2.Zoir Jo'raboev, 4.Boyan Siger, 7.Jasur Jaloliddinov (18.Mixay Roman, 88), 8.Keterin Karp, 9.Xusayn Norchaev (77.Bilolxon Toshmirzaev, 81), 11.Javohir Qahramonov, 19.Mirzohid G'ofurov, 20.Anvar G'ofurov, 70.Abbos G'ulomov, 99.Effiong Nsungusi (10.Shohruz Norxonov, 88) Zaxira: 1.Botirali Ergashev, 14.Hurshid Muhtorov, 17.Sanjar Qodirqulov, 21.Muxsin Ubaydullaev, 24.G'ulom-Haydar Gulamov, 55.Manuchehr Safarov. Ogohlantirish: Xondamir Mustafoqulov (41), Effiong Nsungusi (49)

Ulashish

O'xshash yangiliklar