Yangiliklarga qaytish
Umumiy

SUPERLIGA 18 - TUR HAKAMLARIDA OʻZGARISh ROʻY BERDI

28-avgust, 2023·1 min o'qish
Akobirxoja-Shukurullayev-4500x3300-1

Oʻzbekiston futbol hakamlari markazi Oʻzbekiston Coca Cola Superligasi 18-turidan oʻrin olgan “Navbahor” – OKMK hamda “Neftchi” – “Andijon” bahslari bosh hakamlari oʻzgartirilganini maʼlum qiladi. Quyida ushbu oʻzgarishlarning batafsil sababini keltirib oʻtamiz. “Navbahor” – OKMK uchrashuvi uchun bir necha kun oldin tayinlov olgan fargʻonalik hakam Olim Toʻychiboev oʻyinga tayyorgarlik vaqtida jarohat olgani bois, ushbu muhim bahsni boshqara olmasligini maʼlum qildi. Shuningdek, uchrashuv VAR hakami boʻlishi kutilgan Ilgiz Tantashev yuqorida taʼkidlaganimiz, 17-tur doirasidagi OKMK – “Neftchi” bahsida yoʻl qoʻygan xatosi tufayli 18-turdagi bu uchrashuvdan chetlatildi (hozircha uning ishi Hakamlar qoʻmitasida koʻrib chiqilmoqda va yakuniy jazo tayinlangani yoʻq). Shu tufayli, Olim Toʻychiboev oʻrniga Temur Toʻxtasinov ushbu uchrashuvda bosh hakamlik qilsa, VAR hakami vazifasini Ilgiz Tantashev oʻrniga esa Akobirxoʻja Shukurullaev bajarib beradi. “Neftchi” – “Andijon” bahsi Mustaqillik bayrami arafasida boʻlib oʻtishi hamda televideniening barcha koʻchma televizion stansiyalari ushbu bayramni yoritish bilan band boʻlishi sababli, bu bahsda VAR texnologiyasidan foydalanilmasligi maʼlum qilindi. Natijada, markaz ushbu oʻyinning darajasidan va keltirilgan sabablardan kelib chiqib, uchrashuvga FIFA referisi Akobirxoʻja Shukurullaevni bosh hakam etib tayinlashga qaror qildi. Manba : UzFHM

Ulashish

O'xshash yangiliklar