"SOʻGʻDIYoNA"—"NEFTChI" PREVYu.

Jizzaxning "Soʻgʻdiyona" futbol klubi 1970 yilda tashkil topgan boʻlib, avvaliga "Jizzax", "Irrigator", "Boʻston", "Zvezda", "Yoshlik" kabi brendlar ostida harakat qilgan. 1990 yildan boshlab esa jamoa "Soʻgʻdiyona" nomi bilan faoliyat yuritib kelmoqda. Oʻzbekiston chempionatlari doirasida "Soʻgʻdiyona" hamda "Neftchi" klublari oʻzaro 50 marta toʻqnash kelishgan.Mazkur uchrashuvlarda «Neftchi» 28 marta, «Soʻgʻdiyona» esa 11 bor gʻalaba qozongan. Qolgan 11ta oʻyinda kuchlar teng kelgan. Toʻplar nisbati 93—42 fargʻonaliklar foydasiga. Ushbu qarama-qarshilikda "Neftchi"ning eng yirik gʻalabasi 7:0, "Soʻgʻdiyona"da esa eng yirik gʻalaba 3:0 bilan yakun topgan. Jizzaxda boʻlib oʻtgan oxirgi 5 uchrashuv natijalari quyidagicha 14.09.2022 “Soʻgʻdiyona”—"Neftchi" 0:0 02.10.2018 “Soʻgʻdiyona”—“Neftchi” 3-0 10.03.2018 “Soʻgʻdiyona”—“Neftchi” 0-0 22.04.2017 "Soʻgʻdiyona"—"Neftchi" 0:1 26.08.2016 "Soʻgʻdiyona"—"Neftchi" 1:0 "Neftchi" PFK matbuot xizmati