Yangiliklarga qaytish
Umumiy

"SO'G'DIYONA"-"NEFTCHI" PREVIYU

1-mart, 2024·1 min o'qish
IMG_20240301_172023_142

Vitaliy Levchenko bosh murabbiyligidagi "Neftchi" jamoamiz Superliganing ochilish o'yinida Jizzaxning "So'g'diyona" klubi bilan safarda kuch sinashadi. Raqibimiz bo'lmish "So'g'diyona" futbol klubi 1970 yilda tashkil topgan bo'lib, milliy chempionatimiz doirasida "Neftchi" bilan 52 marta o'zaro to'qnashgan. Bu bellashuvlarda neftchilar 29 marta ustun kelishgan, jizzaxliklar esa 11 bora g'alaba nashidasini surishgan, 12 ta uchrashuvda murosa ko'chasi tanlangan. Kiritilgan va o'tkazib yuborilgan to'plar nisbati bo'yicha 95-42 farg'onaliklar foydasiga. "Neftchi"ning" So'g'diyona" ustidan erishgan eng yirik g'alabasi 7:0 ko'rinishida bo'lgan, "So'g'diyona"da esa bu ko'rsatkich 3:0 hisobida qayd etilgan. Jizzaxda bo'lib o'tgan oxirgi 5 uchrashuv natijalari quyidagicha 18.03.2023. "So'g'diyona"-"Neftchi" 0:2 14.09.2022. "So'g'diyona"-"Neftchi" 0:0 02.10.2018. "So'g'diyona"-"Neftchi" 3:0 10.03.2018. "So'g'diyona"-"Neftchi" 0:0 22.04.2017. "So'g'diyona"-"Neftchi" 0:1 Jizzax shahridagi ochilish o'yinida sevimli jamoamizga kuch-g'ayrat va omadlar yor bo'lishini tilaymiz. "Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar