Yangiliklarga qaytish
Umumiy

"SOʻGʻDIYoNA"  BILAN MUROSA KOʻChASI TANLANDI

11-avgust, 2023·2 min o'qish
084A7133

Superliganing 16-turida jamoamiz "Soʻgʻdiyona" klubini qabul qildi. Uchrashuvning birinchi boʻlimi deyarli teng kurashlar ostida kechgan boʻlishiga qaramay, golli vaziyatlarni yaratish boʻyicha futbolchilarimizda imkoniyatlar koʻproq tugʻildi va ilk xavfli vaziyat 3-daqiqada yuzaga keldi. Oʻng qanotdan tashkil etilgan kombinasiya natijasida toʻp mehmonlar jarima maydonchasi ichiga uzatilgandan soʻng Mirzohid Gʻofurov gol kiritishga muvaffaq boʻldi, lekin yon qanot hakami bu vaziyatda bayroqchasini koʻtarib, offsaydni qayd etdi. Ikkinchi golli vaziyat 30-daqiqaga toʻgʻri keldi. Bir nechta himoyachini aldab oʻtib darvozaga kuchli zarba bergan gruziyalik hujumchimiz Georgiy Nikabadzega biroz aniqlik yetishmadi. Uning yoʻllagan kuchli zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi. Shu tariqa, oʻyinning qolgan qismida boshqa xavfli vaziyatlar deyarli kuzatilmadi va birinchi boʻlim 0:0 durang natijasi bilan yakunlandi. Ikkinchi boʻlim ham jamoamizning faol harakatlari va kuchli bosimi bilan boshlandi. Koʻplab xavfli vaziyatlar sodir etilib, 66-daqiqada hisobni ochishga ham erishildi. Chap qanotdan jarima maydonchasi ichiga oshirilgan toʻpni Umar Adhamzoda chiroyli tarzda darvozaga joylab qoʻydi. Lekin, bu vaziyatda VAR oʻyinga aralashdi va bosh hakam vaziyatni monitor orqali qaytadan koʻrib chiqib, golni inobatga olmaslikka qaror qildi. Shundan soʻng mehmonlar jamoasi hisobni ushlab qolish maqsadida "oʻyinni choʻzish" spektaklini namoyish etishga kirishdi chogʻi, har bir mayda toʻqnashuvda ham oʻyin tempini toʻxtatib, bir necha daqiqalardan foydalanishga erishdi. Bunday ruhda kechgan oʻyin futbolchilar qooib, stadionga tashrif buyurgan muxlislarning asabiylashishiga olib keldi. Shu yoʻsinda davom etgan uchrashuv oxir-oqibat nursiz durang natijasiga olib keldi. Superliga-2023, 16-tur "Neftchi" – "Soʻgʻdiyona" 0:0 11.08.2023, 20:00 "Istiqlol" stadioni, Fargʻona Bosh hakam: Rustam Lutfullin Qanot hakamlari: Husan Xudoyberdiev, Islom Nosirov Zaxira hakami: Umidjon Rahimjonov VAR hakami: Akobirxoʻja Shukurullaev AVAR hakami: Anvar Marajabov Nazoratchi: Zokir Qodirov Komissar: Sardor Qudratullaev "Neftchi": 12.Vladimir Nazarov, 2.Zoir Joʻraboev, 7.Umar Adhamzoda, 8.Sharof Muhitdinov, 13.Lutfulla Toʻraev (70.Abbosjon Gʻulomov, 64), 19.Mirzohid Gʻofurov (23.Diyorjon Turopov, 64), 21.Muhsinjon Ubaydullaev (5.Tomislav Mrchela, 82), 22.Giorgi Nikabadze (11.Izzatilla Abdullaev, 82), 24.Gʻulom Haydar Gulyamov, 26.Oleysey Larin, 40.Bachana Arabuli (9.Ulugʻbek Hoshimov, 55). Zaxira: 45.Akbar Toʻraev, 3.Nodirxon Neʼmatxonov, 28.Fozil Musaev, 77.Biloljon Toshmirzaev. "Soʻgʻdiyona": 27.Milan Mitrovich, 3.Abdulloh Omonaliev, 6.Alisher Salimov, 7.Muhammadsafo Fozilov, 9.Zenan Zaymovich (88.Samandarjon Mavlonqulov, 72), 10.Javohir Qahramonov, 14.Lyupcho Doriev ( 2.Jasurbek Yoqubov, 86), 15.Tarik Isich, 18.Mirjalol Abdumutalov (32.Nodirjon Soyibov, 60), 80.Samandar Sindarov (90.Ulugʻbek Kenjaev, 60), 93.Marko Kolakovich. Zaxira: 1.Shirinboy Abdullaev, 4.Elyor Orifov, 20.Amirbek Fayziev, 21.Shohruhjon Muxsinov, 22.Sanjar Shoahmedov. Ogohlantirishlar: Zenan Zaymovich (28), Giorgi Nikabadze (32), Javohir Qahramonov (38), Ulugʻbek Hoshimov (69), Ulugʻbek Kenjaev (72), Milan Mitrovich (86), Izzatilla Abdullaev (90+3). Chetlatish: Izzatilla Abdullaev (90+7) "Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar