Yangiliklarga qaytish
Umumiy

ShOHRUZ NORXONOV: "NEFTChI"DA OʻYNASh MEN UChUN ShARAFLIDIR

24-dekabr, 2023·2 min o'qish
IMG_20231218_193326_393

—"Neftchi» klubiga kelishingiz qanday yuz berdi? —"Neftchi" klubi oʻtgan mavsumdayoq menga qiziqish bildirgan edi.Chempionat bahslari yakuniga yetay deganda jamoa bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko meni kelasi mavsumda jamoa tarkibida koʻrish istagini bildirib oʻtdilar.Bosh murabbiy bilan suhbatlashgach menga bildirgan ishonchidan soʻng ikkilanmasdan yangi mavsumda yuqori maqsadlarni koʻzlagan jamoa bilan shartnoma imzoladim. —Yigʻinlar davom etmoqda. Aytingchi, jamoaga qanchalik kirishib ketdingiz? —Umumiy qilib aytganda, jamoaga kirishish men uchun oson kechdi. Sababi,bu yerda toʻp surayotgan koʻplab futbolchilar bilan avvaldan yaxshi tanish boʻlishimizdan tashqari koʻpchiligi bilan anchadan beri doʻstmiz ham.Shu omillar jamoaga osonroq qoʻshilib ketishimda yordam berdi. —Oilangiz, doʻstlaringiz «Neftchi» jamoasiga oʻtishingizni qanday qabul qilishdi? —"Neftchi" Oʻzbekiston futbolida juda buyuk klublardan biridir. Bunday jamoa sharafini himoya qilish men uchun sharafli hisoblanadi.Shuning uchun yaqinlarim va doʻstlarim "Neftchi"da oʻynash boʻyicha chiqargan qarorimni xursandchilik bilan kutib olib, qizgʻin qoʻllab-quvvatladilar hamda jamoa safida katta yutqularga erishishim uchun duoda boʻldilar. —Oʻtgan mavsum siz uchun ikki hil kechdi. Sababi, birinchi davrada oʻyin amaliyotiga deyarli ega boʻlmagan boʻlsangiz, ikkinchi davrada esa "Buxoro" tarkibida har bir uchrashuvda toʻliq harakat qildingiz. Nima deb oʻylaysiz, ayni paytda sport formangizdan oʻzingiz qoniqish hosil qilyapsizmi? —Toʻgʻri taʼkidladingiz, oʻtgan mavsum ikki jamoada toʻp surdim. Lekin umumiy qilib aytsam, "Navbaxor"da ham "Buxoro"da ham toʻp surganimdan afsuslanishim yoʻqligiga qaramay, mavsumdagi oʻyinlarimdan qoniqish hosil qilmadim. Yangi mavsumdan umidim katta. Xudo xohlasa imkoni boricha koʻp gollar kiritib, muxlislarni xursand qilish bilan birga musobaqada toʻpurar boʻlish niyatim bor. —Jamoamiz murabbiylari va ular qoʻl ostida oʻtayotgan tayyorgarlik jarayoni sizda qanday taassurotlar qoldirmoqda? —Murabbiylarimizning koʻrsatmalari asosida kechayotgan mashgʻulotlarda barchasini toʻgʻri va bexato bajarishga harakat qilyapmiz. Qisqa qilib aytganda, hammasi aʼlo darajada. —"Neftchi"dagi debyut mavsumida oldingizga qanday maqsadlar qoʻydingiz? — Maqsadim, katta kuch va bor mahoratimni ishga solgan holda koʻproq gollar urib, jamoa bilan yuqori oʻrinlarni egallash va sovrinlarga ega chiqishdan iboratdir. —Fursatdan foydalanib fargʻonalik muxlislarimizga tilaklaringiz? —Fargʻonalik muxlislar futbolni yaxshi koʻrishlari hech kimga sir emas. Xudo xohlasa yangi mavsumda mazmunli va gʻolibona oʻyinlarimiz orqali muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz. "Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar