ShIDDATLI KEChGAN OʻYINDA MUHIM GʻALABA!

Superliga 15-turning markaziy oʻyinida Vitaliy Levchenko shogirdlari amaldagi chempion "Paxtakor" jamoasi mehmoni boʻldilar. Birinchi boʻlim jamoamizning biroz ustunligida oʻtdi desak aslo mubolagʻa boʻlmaydi. Chunki yaratilgan golli vaziyatlar soni jihatidan futbolchilarimizda bu koʻrsatkich koʻproqqa oʻxshadi. Ammo, zarba berishda noaniqliklar tufayli jamoamiz gol kirita olmadi va tanaffusga futbolchilar durang 0:0 hisobidagi natija bilan maydonni tark etishdi. Ikkinchi boʻlimni faollik bilan boshlagan mezbonlar 49-daqiqaga kelib hisobni ochishga yaqin edilar. Bu vaziyatda Pshemislav Blanashak toʻpga birinchi boʻlib zarba berdi, lekin toʻpga himoyachilarimiz toʻgʻanoq boʻlib, xavfni bartaraf etishdi.Asta asta oʻyindagi tashabbus fargʻonaliklarga oʻta boshladi va Vitaliy Levchenko tomonidan amalga oshirilgan oʻzgartirishlar oʻz samarasini bera boshladi. Zaxiradan maydonga chiqqan Diyorjon Turapov toʻpga ega boʻlgan vaziyatda olis masofadan kuchli zarba yoʻlladi, toʻp esa himoyachilardan biriga tegib, rikoshet holatda oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib darvozaning oʻng burchagiga borib tushdi 0:1. Shundan soʻng toshkentliklar hisobni tenglashtirishga bor kuch va imkoniyatlarini ishga solishgan boʻlishiga qaramay oʻyin oxiriga qadar himoya qoʻrgʻonimiz ishonchli oʻyin namoyish etib, jamoamiz uchun safardagi muhim gʻalabali hisobni saqlab qolishga muvaffaq boʻlishdi 0:1. Coca Cola Superligasi 15-tur Toshkent, "Paxtakor" stadioni. 20:00 "Paxtakor" – "Neftchi" 0:1 Gollar: Diyorjon Turopov 70' Hakamlar: Firdavs Norsafarov, Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov, Abdurashid Xudoyberganov VAR: Ahrol Risqullaev AVAR: Sanjar Shoyusupov Nazoratchi: Timur Abdullaev Komissar: Jahongir Rahmatullaev "Paxtakor": 35.Sanjar Quvvatov, 3.Hojiakbar Alijonov, 4.Dostonbek Tursunov (20.Hojimat Erkinov 80'), 5.Muhammadqodir Hamraliev, 10.Dragan Cheran (s), 19.Pshemislav Banashak (11.Poʻlatxoʻja Xoldorxonov 73'), 27.Sardor Sobirxoʻjaev (8.Aziz Turgʻunboev 70'), 28.Diyor Xolmatov, 30.Metyu Stinvorden, 34.Farruh Sayfiev, 77.Dilshod Saitov (17.Doston Hamdamov 80') Zaxira: 36.Pavel Pavlyuchenko, 2.Behruz Asqarov, 9.Mixal Kuxarchik, 23.Sherzod Aʼzamov, 55.Muhammadali Abdumajidov "Neftchi": 12.Vladimir Nazarov, 2.Zoir Joʻraboev, 7.Umar Adhamzoda, 8.Sharof Muhitdinov, 9.Ulugʻbek Hoshimov (70.Abbos Gʻulomov 69'), 13.Lutfulla Toʻraev (s) (40.Bachana Arabuli 69'), 19.Mirzoxid Gʻofurov (23.Diyor Turopov 69'), 20. Anvar Gʻofurov (26.Oleksey Larin 23'), 21.Muhsinjon Ubaydullaev, 22.Georgiy Nikabidze, 24.Gʻulom Haydar Gulyamov Zaxira: 45.Akbar Toʻraev, 5.Tomislav Mrchela, 11.Izzatilla Abdullaev, 17.Abdulloh Olimov, 77.Bilolxon Toshmirzaev Ogohlantirishlar: Umar Adhamzoda 79', Diyorjon Turopov 79', Abbos Gʻulomov 82' Chetlatish: Maksim Shaskix 52' ("Paxtakor" bosh murabbiyi) 🟢"Neftchi" PFK jamoasi

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2023/08/IMG_20230805_220522_127.heic]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2023/08/IMG_20230805_220522_127.heic]