ShARTNOMA UZAYTIRILDI!

Zoir Joʻraboev Tojikiston milliy terma jamoasining aʼzosi sifatida qoʻshni davlat futbolini rivojlantirishga barakali hissa qoʻshgan sportchilaridan biridir. Maʼlum muddat "Surxon" futbol klubi tarkibida ham qizgʻin faoliyat yuritgan. "Neftchi"ga Vitaliy Levchenko bosh murabbiy etib tayinlangach, murabbiylar shtabi Zoir Joʻraboevni Fargʻonada toʻp surishga taklif etdi. Shu tariqa bu futbolchi bu yilgi mavsumda "Neftchi"ning peshqadamlik sari dadil qadamlashida faol ishtirok etib, himoyachi sifatida jamoaning qator uchrashuvlarida gʻoliblikni qoʻlga kiritishi va nihoyat mavsumni peshqadamlar safida yakunlashiga munosib hissa qoʻshdi. Ana shularni hisobga olib klub rahbariyati u bilan tuzilgan shartnomani uzaytirishga qaror qildi. Zoir Joʻraboev yakuniga yetgan mavsumda Oʻzbekiston Coca Cola Superligasi musobaqasida 25 uchrashuvda maydonga chiqib, 2065 daqiqa xarakat qildi. Mavsum davomida bitta gol urishga erishgan va ikki golga assistentlik vazifasini bajargan. 🟡"Neftchi" PFK matbuot xizmati