Yangiliklarga qaytish
Umumiy

SERGEY ARSLANOV – «NEFTCHI» MURABBIYI

1-may, 2024·1 min o'qish
IMG_20240501_171630_496

Bugun "Neftchi"ning murabbiylar shtabiga tajribali va yosh mutaxassis Sergey Sergeevich Arslanov qo'shildi. Ma'lumot o'rnida, Sergey Arslanov 1986 yilda Tojikistonning Leninobod viloyatida tavallud topgan. Keyinchalik yurtimizga ko'chib o'tib, shu yerda taxsil olgan va 2005 yildan mehnat faoliyatini boshlagan. Faoliyati davomida mamlakatimizning "Buxoro"," Mash'al", "Sho'rtan" va Qirg'iz Respublikasining "Dordoy" kabi taniqli klublarida, shuningdek, O'zbekiston U-16 hamda "Uzdongju" jamoalarida ishlagan tajribali mutaxassis, o'tgan futbol mavsumini Termizning "Surxon" klubida bosh murabbiy sifatida olib borgan. Tahlilchi murabbiy sifatida ishga kirishgan ushbu mutaxassisning "Neftchi"dagi faoliyatida omad va zafarlar yor bo'lishini tilab qolamiz! "Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar