Yangiliklarga qaytish
Umumiy

SERBIYA KLUBI BILAN DURANG QAYD ETILDI

24-yanvar, 2025·1 min o'qish
IMG_20250117_155918_047

Turkiyaning Antalya shahrida yig‘inlarning birinchi bosqichini yakunlayotgan jamoamiz nazorat uchrashuvini Serbiyaning "IMT" klubi a’zolari bilan bahslashishdan boshladi. Bellashuvning birinchi bo‘limida ikkala tomon ham hisobni ochishga astoydil harakat qilgan bo‘lsa ham amaliy natija sezilmadi. Shu bois, birinchi bo‘lim 0:0 hisobida yakunlandi. Uchrashuvning ikkinchi bo‘limida raqiblarning hujumkorligi kuchaydi. Natijada ular birinchi bo‘lib hisobni ochishga erishdilar 0:1. Bu esa yigitlarimizni yanada shiddatliroq harakat qilish, hujumga hujum bilan javob qaytarishga undadi. O‘yin tugashiga sanoqli daqiqalar qolganda gruziyalik legionerimiz Toma Tabatadze oshirilgan to‘pni ustalik bilan raqiblar darvozasiga joylab, hisobni tenglashtirdi 1:1.Shundan keyin ikkala tomon ham hisobni o‘zgartirishga qattiq uringan bo‘lsada bu harakatlar aniq natijaga olib kelmadi. Yigitlarimiz bugungi birinchi uchrashuvni 1:1 hisobida yana durang natija bilan yakunladilar. Rejaga muvofiq soat 18:30 da jamoamiz ikkinchi bahsni Shimoliy Makedoniyaning "Sileks" klubiga qarshi o‘tkazadi. Bu bellashuvda futbolchilarimizga yangicha kuch-quvvat, ishonch, shiddat va omad yor bo‘lishini tilab qolamiz. "NEFTCHI" – IMT 1:1 "Neftchi": , 45.Akbar To'raev, 6.Ko'rikdagi futbolchi, 14.Jamshid Boltaboev, 17.Muhammadali G'iyosov, 22.Toma Tabatadze, 24.G'ulomhaydar Gulyamov, 30.Quvondiq Ro'ziev, 33.Shoxruh Yoqubjonov, 41.Ko'rikdagi futbolchi, 60.Muhammadziyo Adhamjonov, 66.Doniyor Valiev. Zaxira: 25.Eldor Suyunov, 5.Ikrom Aliboev, 7.Abror Ismoilov, 8.Vladimir Yovovich, 9.Shohruh Gadoev, 20.Anvar G'ofurov, 21.Muhsin Ubaydullaev, 32.Zoran Marushich, 77.Bilolxon Toshmirzaev.

Ulashish

O'xshash yangiliklar