Yangiliklarga qaytish
Umumiy

SAMARALI TAYINLOV, YoHUD LEVChENKO EFFEKTI! (SARHISOB)

19-noyabr, 2022·3 min o'qish
20221102190722_084A9365

2022 yilgi mavsum yakunlanib, suvdan gʻalvirni koʻtaradigan payt ham keldi. Anʼanaga koʻra, har yili sovrindor boʻlishni maqsad qilgan "Neftchi" ham yanvar-fevral oylarida tarkibni kuchaytirish va jamoa rahbarlarining ishonchini oqlash ishlarini boshlab yubordi. Har xolda klub Pro Ligadan Superliga yoʻllanmasi qoʻlga kiritish oson kechmagandi. Birinchi davradagi gʻalabalar jamoaga yanada kuch va shijoat bagʻishlashi tabiiy edi. Bahorda mavsumni gʻalaba bilan boshladik. Viloyat derbisi maqomidagi oʻyindagi "Qoʻqon 1912" jamoasiga qarshi yagona penalti xammasini hal qildi. Lekin... qolgan turlarda, aniqroq qilib aytadigan boʻlsak, 2-turdan to 10-turga qadar gʻalaba nimaligini bilmadik. Afsuski, bu omadsiz seriya "Neftchi"ning joriy mavsumdagi eng uzun gʻalabasiz seriyasi sifatida statistika tarihiga kirdi. 2-tur:"Paxtakor" 1 : 0 "Neftchi" 3-tur: "Neftchi" 1 : 2 "Soʻgʻdiyona" 4-tur: "Kizilqum" 3 : 0 " Neftchi" 5-tur: "Neftchi" 1 : 3 "Bunyodkor" 6-tur: "Dinamo" 1 : 1 " "Neftchi" 7-tur: "Neftchi" 0 : 1 "Lokomotiv" 8-tur:" Neftchi" 0 : 0 "Olimpik" 9-tur:" Navbaxor" 0 : 0 "Neftchi" 8 oʻyin, 3 ochko , toʻplar nisbati 3-11 (!) . Birinchi davra yakuniga qadar qolgan 4 turda "Metallurg" ustidan qozonilgan gʻalabani hisobga olmasak, holat yana oʻsha edi. Raqamlarga tayanib aytadigan boʻlsak, jamoa davra yakunida 13 oʻyin, 2 gʻalaba , 5 durang va 6 magʻlubiyat bilan musobaqa jadvalining 13 (!) oʻriniga joylashib olgandi. Shonli tarihga ega klubning bunday natijalari nafaqat muhlislarga , qolaversa jamoa raxbariyatiga ham nomaʼqul keldi.Shu sababli davralar oraligʻida Fargʻona viloyati hokimi viloyat futbol assosiasiyasi prezidenti Xayrullo Bozorov "Neftchi" klubi futbolchilari va murabbiylari bilan uchrashdi. Tanqidiy ruhda kechgan yigʻilish davomida 2022-yilgi musobaqa uchun koʻngildagidek tayyorgarlik qila olmagan va futbolchilar tanlashda kamchiliklarga yoʻl qoʻygan klub direktori va bosh murabbiy shtabiga ogohlantirish berildi va klub prezidenti etib Fargʻona shahar xokimi Vosiljon Nazarov tayinlandi, shundan soʻng birinchi davra yakunida yuqoridagilar klub prezidenti V.Nazarov birinchi davra yakunlari boʻyicha klub oʻziga mos oʻrinda emasligi sababli klub direktori va murabbiylar shtabini oʻz arizasiga koʻra,egallab turgan lavozimlaridan ozod qildi. Ikkinchi davra uchun "Neftchi" PFK bosh murabbiyligiga taniqli mutaxassis, Tojikistonning "Istiqlol" jamoasi bilan ajoyib natijalarga erishgan Vitaliy Grigoryevich Levchenkoga ishonib topshirildi. Klub rahbarligiga esa "Neftchi" uchun jonkuyar inson Moʻysinjon Mehmonov tayinlandi.Yangi bosh murabbiy oldida qisqa vaqt ichida klubni ikkinchi davra uchun xozirlash va Superligani yuqoriroq oʻrinda yakunlash vazifasi yuklandi. Vitaliy Levchenko oʻzbek muxlislariga uncha tanish boʻlmasa ham MDX davlatlari orasida oʻz oʻrniga ega boʻlgan murabbiy hisoblanadi, birinchi davrada muhlislarni esida qoladigan yana bir jihat Vitaliy Levchenko "Neftchi" jamoasini Toshkentdagi yigʻinlarida klubning afsonaviy murabbiyi Yuriy Vazgenovich Sarkisyan bilan uchrashib undan maslahatlar oldi va Yu.V.Sarkisyan yangi bosh murabbiyga omad tiladi! Bu ham bir belgi edi, Vitaliy Levchenko oqilona va ustalik bilan jamoaga kerakli oʻyinchilarni yigʻa boshladi. Hususan, Konyuxov,Larin, Mishenko , Quttiboev, Musaev, Neʼmatxonov shular jumlasidan. Ikkinchi davra boshidayoq V. Levchenko chekiga derbi tushdi. Ilk oʻyin, shiddatli kechgan bahs 3-3 hisobidagi durang bilan yakunlandi. "Neftchi" bir oʻyinning oʻzidayoq 3 ta gol urishga erishdi! Birinchi davra bilan solishtirganimizda bu natija ancha yaxshi edi. 17-turdayoq murabbiy imzosi koʻrina boshladi. Birinchi davrada koʻzga koʻrinmagan futbolchilar Umar Adxamzoda, Izzatilla Abdullaev, Nodirxon Neʼmatxonov, Sunatilla Abdullajonovlarni muxlislar taniy boshladi. Abror Ismoilovning oʻyini esa super darajaga chiqdi."Neftchi" ketma-ket 6 oʻyinda magʻlubiyat nimaligini bilmadi. Suv va havodek zarur boʻlgan ochkolar qoʻlga kiritildi. Avvaliga "Qizilqum", keyinchalik" Bunyodkor", "Lokomotiv" va "Dinamo" yirik hisobda taslim qilindi. Oʻyinlar davomida tartib-intizom birinchi oʻringa chiqdi. Tarkibdagi rotasiyalar oʻz mevasini bera boshladi. Ayniqsa, murabbiyning 2- taymdagi moxirona oʻyinchi almashtirish taktikasi gʻalabalarning omillaridan biri boʻldi. Vitaliy Levchenko jamoadagi ichki muxit va futbolchilarning ruhiyati bilan bogʻliq muammolar ustida ham ishladi. "Neftchi" futbolchilariga nisbatan hakamlar tomonidan koʻrsatilayotgan sariq kartochkalar soni kamaydi. Oxirgi ikki turdagi "Nasaf va" Surxon"ustidan qozonilgan ketma-ket gʻalabalar Superliga jadvalida renessans hosil qildi. "Neftchi" Vitaliy Levchenko qoʻl ostida 6 gʻalaba, 3 ta durang, 4 magʻlubiyatni oʻz hisobiga yozib qoʻydi. Toʻplar nisbati 21-16 va jamgʻarilgan 21 ochko! Tan olib aytish kerak, jamoamiz ikkinchi davradagi namoyish etgan oʻyinlari butunlay oʻzgardi va Superligani 9-oʻrin bilan yakunlab, raxbariyat tomonidan qoʻyilgan vazifani bajarishga erishdilar. "Neftchi" PFK matbuot hizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar