SAFARDAN QAYTGAN JAMOAMIZ MAShGʻULOTLARGA KIRIShDI
25-aprel, 2023·1 min o'qish

Coca-Cola Superliganing 7-turida "Buxoro" ga qarshi bahs olib borgan "Neftchi" jamoamiz murabbiylar shtabi tomonidan taqdim etilgan qisqa taʼtildan soʻng bugun Qirgulidagi qarorgoh stadionida yigʻilib, mashgʻulotlarga kirishdi. Eʼtiboringizga kunning ikkinchi qismida olib borilgan tayyorgarlik jarayonidan olingan fotogalereyani havola etamiz. "Neftchi" PFK matbuot xizmati

















