Yangiliklarga qaytish
Umumiy

"RUBIN" KLUBI MAGʻLUB ETILDI

9-fevral, 2025·1 min o'qish
IMG_20250209_152255_783

Turkiyaning Antaliya shahrida yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan "Neftchi" bugun navbatdagi nazorat uchrashuvini Rossiyaning "Rubin" klubi bilan o'tkazdi. Uchrashuvning dastlabki daqiqalarida rossiyaliklar faollik ko'rsatib, darvozamiz oldida xavfli vaziyatlar vujudga keltirishdi. Lekin, ularning zarbalariga aniqlik yetishmadi. Maydondagi faollik asta-sekin farg'onaliklar tomonga o'ta boshladi. 10-daqiqada Bilolxon Toshmirzaev olis masofadan yo'naltirgan kuchli zarbani "Rubin" posboni qiyinchilik bilan qaytarib qoldi. 19-daqiqada yana Bilolxon o'zini ko'rsatdi. Uning to'satdan yo'llagan zarbasini raqiblar darvozaboni maydon tashqarisiga qaytarishga majbur bo'ldi.Yigitlarimizning hujumkorlikdagi faolligi tobora kuchayib bordi. 43-daqiqada Jamshid Iskanderov tomonidan oshirib berilgan burchak to'pini Toma Tabatadze qabul qilib olib, darhol darvozaga yo'llab hisobni ochdi 1:0. Birinchi bo'lim shu hisob bilan yakun topdi. Ikkinchi bo'limda ikkala tomon ham ustunlikka erishish uchun barcha imkoniyatlarni ishga soldi. Raqiblarimiz hisobni tenglashtirishga yaqin keldilar. Lekin, ular yo'llagan ikkita zarbalari darvozamiz to'siniga tegib qaytdi. Huddi shunday vaziyat vakillarimiz tomonidan ham yaratildi.Biroq, futbolchilarimiz yo'llagan zarbalar raqib posbonini qiynagan bo'lsa ham, aniq nishonga yetmadi. Shu tariqa, bu muhim uchrashuv farg'onaliklar foydasiga 1:0 hisobida yakun topdi. Yigitlarimizga keyingi bellashuvlarda ham ana shu shiddatni yo'qotmaslik, hujumkorlikni yanada kuchaytirishni tilab qolamiz. Nazorat o‘yini, Antaliya "Neftchi" - "Rubin" 1:0 Gollar: Toma Tabatadze 43, "Neftchi": Eldor Suyunov,(Botirali Ergashev)Muhsin Ubaydullayev, Anvar Gʻofurov, Farrux Sayfiyev, Abror Ismoyilov,(Quvondiq Ruziyev )Ibrohim Halil Yo‘ldoshev,(Shohruh Gadoyev) Bilolxon Toshmirzayev ,Jamshid Iskanderov,(Jamshid Boltaboev) Ikrom Aliboyev,(Gʻulomhaydar Gʻulomov)Toma Tabatadze,(Zoran Marusich) Vladimir Yovovich ( Muhammadali G'iyosov)

Ulashish

O'xshash yangiliklar