Yangiliklarga qaytish
Umumiy

RAXBARIYaT YoShLAR BILAN UChRAShDI

25-yanvar, 2023·1 min o'qish
IMG_20230125_212402_066

Bugun 25 yanvar kuni har yili oʻtkazib kelinayotgan anʼanaviy viloyat hokimi kubogi musobaqalariga start berildi. Fargʻona futbol mahorati maktabi maydonida ochilish uchrashuvida "Neftchi" (U-21) jamoasi futbolchilari Toshkentning "Lokomotiv" " klubidagi tengdoshlari bilan kuch sinashdilar. 1:1 hisobida durang natija bilan tugallangan bahsdan keyin "Neftchi" jamoasining bosh direktori Mansurjon Toshmatov yosh futbolchilar bilan samimiy suhbatlashdi. Ularni bu yilgi musobaqalarda yuksak natijalarni qoʻlga kiritish uchun hozirdan puxta tayyorgarlik koʻrish kerak ekanligini, rahbariyat futbolchilarga har jihatdan qulay shart-sharoit yaratish bilan birga, ularni ragʻbatlantirish uchun hech narsani ayamasligini taʼkidladi. Yoshlar bunga javoban, Fargʻona futbolining shuhratini oshirish uchun kuch-gʻayrat va mahoratlarini ishga solishlarini aytib oʻtdilar. "Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar