Yangiliklarga qaytish
Umumiy

RAVShAN ERMATOV "NEFTChI" STADIONIGA TAShRIF BUYuRDI

26-noyabr, 2022·1 min o'qish
084A0754

Xabaringiz bor, joriy yilgi futbol mavsumi yakunlanganidan soʻng Qirgulidagi "Neftchi" SK stadionining futbol maydonida taʼmirlash ishlari boshlab yuborildi. Mazkur jarayon bilan yaqindan tanishish maqsadida bugun Oʻzbekiston Futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov stadionga tashrif buyurib, maydon holatini koʻzdan kechirdi.Tashrif chogʻida rekonstruksiya ishlariga jalb etilgan mutaxassis va mutasaddi xodimlar bilan muloqot oʻtkazgan martabali mehmon, maydon holati va taʼmirlash ishlari yuzasidan oʻz taklif va koʻrsatmalarini berib oʻtdilar. Qirgulidagi stadionda olib borilayotgan taʼmirlash ishlari jarayonidan olingan fotolavhalarni eʼtiboringizga havola etmoqdamiz. "Neftchi" PFK matbuot xizmati

084A0738084A0739084A0740084A0742084A0743084A0745084A0746084A0749084A0753084A0754084A0755084A0759
Ulashish

O'xshash yangiliklar