RASMIY MUNOSABAT

Bugun www.championat.asia saytida "Neftchi" ayollar jamoasi aʼzolari oylik va mukofot pullari olmayotgani va ularda ovqatlanish va yashash sharoiti yomon ahvolda, deb murojaat qilinganligi toʻgʻrisida post qoldirildi. Nomi oshkor qilinmagan shaxs murojaatida koʻp uydurmali gaplarni ilgari surgan. Jumladan, uch oydan buyon klubning futbolchilardan qarzi borligi, mukofot pullarini olishmagani va yashash-ovqatlanish sharoitining yomonligini koʻrsatib oʻtilgan. Ammo,ushbu holat klub rahbariyati tomonidan nazoratga olingan va bu boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz. "Neftchi-W" klubi Oʻzbekiston ayollar Oliy ligasida 8 oʻrinni egallab, shu kungacha jamoa ikki gʻalabani qoʻlga kiritgan. Oylik maoshlar boʻyicha futbolchilardan boʻlgan qarzdorlik murojaatda koʻrsatilganidan ancha kamroq xisoblanadi. Mukofot pullariga kelsak, murojaatda uch oʻyin mukofot pullari xaqida gap ketgan. Vaxolanki, yuqorida aytib oʻtganimizdek,ayollar futbol jamoamiz musobaqada ikki oʻyinda gʻalaba qozona olgan xolos. Futbolchilarning qarorgohdagi istiqomat qilish sharoitlari yaxshi holatda va qulay imkoniyatlar yaratib berilgan. Shuningdek, jamoamizda ovqatlanish uchun bitta" Katta qozon" mavjud boʻlib, asosiy tarkib, oʻrinbosarlar va ayollar jamoamiz ushbu qozondan ovqatlanadilar. Ovqatlanish uchun esa klubda barcha sharoit mujassamdir. Jamoamiz muxlislaridan ushbu anonim murojaatlarga ishonmaslikni, klubda ishlar professional ravishda yoʻlga qoʻyilganligini, avvalambor klubda inson qadri manfaati birinchi oʻrinda turishini eslatib oʻtamiz. ✅"Neftchi" PFK matbuot xizmati