Yangiliklarga qaytish
Onlayn

RASMIY MUNOSABAT

1-may, 2023·1 min o'qish
nomsiz

Axborot maydonida xabarlar oqimi kuchaygani sari ishonchli va aniq manbalarni aniqlash dolzarblashmoqda. Sir emas, odamlar baʼzan yolgʻon xabarlarga ham duch keladi. Shunday vaziyatlarda “feyk” ekan, degan soʻzlar quloqqa chalinadi. “Sariq” matbuotdagi mish-mishlar (feyk) asosan jiddiy ijtimoiy-siyosiy maqsadlarni yoki moliyaviy manfaatni koʻzlab tarqatiladigan yolgʻon xabarlardir. Kuni kecha "Facebook" ijtimoiy tarmogʻida "Neftchi" futbol klubi qarzdorligi koʻpligi sababli jamoaning faoliyati tugatildi", degan sarlavha ostida yolgʻon maʼlumotlarga toʻla, mish-mishlarga asoslangan post qoldirildi. Ushbu maqola orqali “Neftchi” PFK faoliyati boʻyicha asossiz va tasdiqlanmagan maʼlumot berilgan. «Neftchi» PFK Oʻzbekiston Professional futbol ligasining reglamentiga toʻliq rioya qilgan holda hozirda Oʻzbekiston Professional futbol ligasining Superliga musobaqasida qatnashmoqda. Hozirgi kunda jamoa futbolchilari oldida oylik maoshlardan qarzdorligi yoʻq. Ushbu maqolada faqat yolgʻon va mish-mishlarga urgʻu berilgan boʻlib, maʼlumotlar esa hech qanday asoslarga ega emas.Bu esa Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishiga sabab boʻlishi mumkin. Maqolada koʻrsatilgan gap-soʻzlar klubni faqat obroʻsizlantirish uchun qilingan boʻlib, futbol muhlislaridan bunday asossiz maqolaga ishonch bildirmasliklarini soʻraymiz. Zero, klubning bosh maqsadi, Fargʻona futbolini yuqori marralarga olib chiqish, avvalgi mavqeini tiklash va medallar uchun kurashishga qaratilgan. Aniq faktlarga ega boʻlmagan maqola yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda javobgarlikka tortish boʻyicha Sud organlariga daʼvo kiritilishi haqida maʼlum qilamiz. 🟢"Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar