Yangiliklarga qaytish
Onlayn

RASMIY MUNOSABAT

14-aprel, 2023·1 min o'qish
IMG_20230415_074925_247

Bugun www.championat.asia saytida "Neftchi" futbolchilari erkin agentga aylanishi mumkin. FIFA reglamenti bunga izn beradi" sarlavhali maqola chop etildi. Bu gaplarda ancha noaniqliklar bor. Avvalo futbolchilarga shartnomadagi maoshlari toʻlab borilmoqda. Bu sohada vujudga kelgan ayrim qarzdorlik holatlarini bartaraf etish chorasi koʻrilmoqda. FIFA va OʻFAning "Futbolchilar maqomi va oʻtishi reglamenti" ni buzish holatlari bizda mavjud emas. Futbolchilar rahbariyat bilan kelishilgan holda oʻz vazifalarini sidqidildan bajarib kelmoqdalar. Shuning uchun ham jamoamiz Superliga turnir jadvalida peshqadamlikni mustahkam saqlab kelmoqda. Jamoada Qirgulidagi qarorgoh va futbol maydonini toʻla taʼmirdan chiqarish ishlari nihoyasiga yetkazilganligi ham futbolchilarning oʻz ishiga boʻlgan masʼuliyati va ishonchini yanada oshirishga xizmat qilmoqda. ✅"Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar