RASMIY MUNOSABAT
10-noyabr, 2022·1 min o'qish

Bugun www.championat.asia saytida “Eshitdik-da rukni ostida "Neftchi" va boshqa klublardan uch ochko olib tashlanishi mumkin", sarlavxasi ostida maqola chop etildi. Ushbu holat boʻyicha “Neftchi” PFK quyidagilarni maʼlum qiladi. “Neftchi” PFK sobiq futbolchilar bilan shartnomadagi bandlarda koʻrsatib oʻtilgan moddiy pul mablagʻlaridan boʻlgan qarzdorlik toʻliq bartaraf etildi. Bundan tashqari yana bir sobiq futbolchi bilan oʻzaro shartnomadagi moddiy qarzdorlik boʻyicha Oʻzbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan chiqarilgan qaror yuzasidan shikoyat appelyasiyasi kiritilgan. Hozirgi kunda jamoaning futbolchilar bilan shartnomalari boʻyicha qarzdorlik yoʻqligini maʼlum qilamiz. "Neftchi" PFK matbuot hizmati