RASMIY MUNOSABAT

Axborot maydonida xabarlar oqimi kuchaygani sari ishonchli va toʻgʻri manbalarni aniqlash dolzarblashmoqda. Sir emas, odamlar baʼzan yolgʻon xabarlarga ham duch keladi. Shunday vaziyatlarda “feyk” ekan, degan soʻzlar quloqqa chalinadi. “Sariq” matbuotdagi mish-mishlar (feyk) asosan jiddiy ijtimoiy-siyosiy maqsadlarni yoki moliyaviy manfaatni koʻzlab tarqatiladigan yolgʻon xabarlardir. Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda 2022 yiling 15 avgust kuni bloger Olimjon Haydarovning shahsiy kanali tomonidan yolgʻon maʼlumotlarga toʻla, mish-mishlarga asoslangan “Oʻzbek futbolidagi qallobliklar. Klublar jamgʻarmasi, byudjeti, smetasi. Klublarda mlrdlab pul yuvish sxemalari. Shu boʻyicha maʼlumotlar yigʻilmoqda. Kimda maʼlumotlar boʻlsa, ulashinglar” degan maqola orqali “Neftchi” PFK faoliyati boʻyicha asossiz va tasdiqlanmagan maʼlumot berilgan va qoʻshimchasiga foydalanuvchilardan maʼlumotlar boʻlsa berishlarini soʻralgan. «Neftchi» PFK ochiqlik va oshkoralik mezonlarini hurmat qilgan holda har qanday maʼlumotlarni ochiqlashda va jurnalistik faoliyatlarga maʼlumotlar berishga doyim eshigimiz ochiq. «Neftchi» PFK Oʻzbekiston Professional futbol ligasining reglamentiga toʻliq rioya qilgan holda hozirda Oʻzbekiston Professional futbol ligasining Superliga musobaqasida qatnashmoqda. Hozirgi kunda Superligada ishtirok etayotgan Respublikamizning barcha proffesional futbol klublari kabi «Neftchi» PFK ham moddiy tehnik bazasini hoʻjalik hisobidagi, homiylik mablagʻlari va klub oʻzi ishlab topgan pullar hisobidan faoliyat olib bormoqda, jamoamiz smetasiini mavsum avvalida UFA tomonidan tasdiqlanadi. Maqolada Superligada 80 mlrd pul sarflangani, pulning asosiy qismi klubda yangi kelgan futbolchi uchun maosh yozish orqali oʻzlashtirilgani , yangi futbolchi yiliga 2 mlrd soʻm maosh tayinlangani xaqida yozib oʻtilgan , ushbu maqola faqat yolgʻon va mish-mishlarga urgʻu berilgan , bu maʼlumotlar xech qanday asosga ega emas, yolgʻon malumot va asossiz tasdiqlanmagan gaplardir, bu esa Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilikigida belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishiga sabab boʻlishi mumkin. Maqolada koʻrsatilgan gap soʻzlar klubni faqat obroʻsizlantirish uchun qilingan boʻlib, futbol muhlislaridan bunday asoslanmagan maqolaga ishonmaslikni soʻraymiz zero klubning bosh maqsadi Fargʻona viloyatimiz futbolini yuqori oʻrinlarga olib chiqish, klubning avvalgi mavqeyini tiklashga va superligada oʻzining oʻrniga ega boʻlishi yaqin yillarda medallar uchun kurashishga qaratilgan. Aniq faktlarga ega boʻlmagan maqola yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilikigida belgilangan tartibda javobgarlikka tortish boʻyicha Sud organlariga daʼvo kiritilishi xaqida maʼlum qilamiz «Neftchi» PFK matbuot hizmati