Yangiliklarga qaytish
Umumiy

RASMAN: ZOIR JOʻRABOEV “NEFTChI" AʼZOSI !

5-yanvar, 2023·1 min o'qish

Jamoamiz yangi mavsum uchun tarkibni kuchaytirishda davom etadi. Tojikiston milliy terma jamoasi himoyachisi Zoir Joʻraboev bugun "Neftchi" bilan shartnoma imzoladi va yangi mavsumda jamoamizning himoya qoʻrgʻonida harakat qiladigan boʻldi. Maʼlumot uchun, Zoir Joʻraboev oʻtgan mavsumni Termizning “Surxon” klubida oʻtkazdi. Himoyachi Superliga musobaqasida jami 16 uchrashuvda 932 daqiqa harakat qilib, 1 gol urishni uddasidan chiqdi. Zoir Joʻraboevga jamoamizdagi faoliyatida omad va zafarlar tilab qolamiz! XUSh OMADED ZOIR ! "Neftchi" PFK jamoasi

Ulashish

O'xshash yangiliklar