RASMAN: YuRIY BATYuShIN JAMOAMIZ AʼZOSI!

Yuriy Batyushin 1992 yilda Ukrainaning Alchevsk shahrida tavallud topgan. Katta futbolga 2011 yilda qadam qoʻygan futbolchi debyut oʻyinini "Stal" jamoasidan boshladi. Keyinchalik 2015 yilda Ukrainaning boshqa bir jamoasi "Nikolaev" FKga koʻchib oʻtadi. U yerda ikki yil oʻynagach, 2017 yilga kelib mamlakatning "Gornyak-Sport" klubida faoliyatini davom ettiradi. 2021 yilda Yuriy Batyushin "Metallist-1925" futbol klubi bilan shartnoma imzolab, 15ta uchrashuvda maydonga tushib 3 ta gol urishga muvaffaq boʻldi. "Neftchi"ga kelishidan oldin oʻtgan 2022 yil futbol mavsumida Gruziyaning "Dila" Gori jamoasida toʻp surdi. Ayni paytda ushbu futbolchining transfermarkt portalidagi narhi 250 ming yevroni tashkil qiladi. Barcha futbolsevar muxlislarimiz nomidan legioner futbolchiga sevimli jamoamiz sharafini munosib himoya qilishiga ishonch bildiramiz va faoliyatiga omad yor boʻlishini tilab qolamiz "Neftchi" PFK matbuot xizmati