RASMAN! VLADIMIR NAZAROV BILAN ShARTNOMA IMZOLANDI.
28-yanvar, 2023·1 min o'qish

Yosh isteʼdodli darvozabon, Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi posboni Vladimir Nazarov yangi mavsumda jamoamizda faoliyat olib boradi. Maʼlumot uchun, Vladimir Nazarov oʻtgan mavsumda "Olimpik" tarkibida jami 14 ta uchrashuvda maydonda harakat qilgan. Vladimir Nazarovga yangi mavsumda "Neftchi" sharafini himoya qilishdagi faoliyatida omad yor boʻlishini, jamoamizdagi oʻyinlari orqali Olimpiya terma jamoasidagi mohirona anʼanalarni davom ettirib, Milliy terma jamoasiga ham yoʻl topishini tilab qolamiz! Xush kelibsan Vladimir! "Neftchi" PFK matbuot xizmati
