RASMAN: TOMISLAV MRChELA "NEFTChI" AʼZOSI
28-iyul, 2023·1 min o'qish

Ikkinchi davra bahslariga puxta xozirlik koʻrayotgan "Neftchi" futbol klubi tarkibni kuchaytirish maqsadida avstraliyalik tajribali himoyachi Tomislav Mrchela bilan bir yilga moʻljallangan shartnomani rasmiylashtirdi. Tomislav Mrchela 1990 yilning 1 oktyabrida Avstraliyada tavallud topgan. Futbolchilik faoliyati davomida Xorvatiya, Xindiston, Janubiy Koreya kabi davlatlarida toʻp surgan. Oxirgi oʻynagan klubi Avstraliya Oliy divizionining "Vestern Sidney" jamoasi boʻlgan. Umid qilamizki, "Neftchi " tarihidagi ilk avstraliyalik futbolchi hisoblanadigan Tomislav Mrchela ishonchli va yorqin oʻyinlari orqali minglab futbolsevar muxlislarimizning mehriga sazovor boʻladi. "Neftchi"ga xush kelibsan, Tomislav!