RASMAN! ShOXRUZ NORXONOV "NEFTChI" AʼZOSI
6-dekabr, 2023·1 min o'qish

Bugun klub rahbariyati navbatdagi transferni amalga oshirdi. Oʻtgan mavsumda «Navbahor» va «Buxoro» tarkibida toʻp surgan tajribali xujumchi Shoxrux Norxonov jamoamiz bilan shartnoma imzoladi. Maʼlumot oʻrnida, Norxonov oʻtgan mavsumda Superliga musobaqsida jami 25 uchrashuvda maydonga tushgan va uch bor gol mualifi boʻlgan. Jamoamiz va muxlislarimiz nomidan tajribali futbolchi "Neftchi" safida yanada gʻayrat va shijoat bilan harakat qilib, jamoa sharafini yuksak choʻqqilarga koʻtarishga munosib hissa qoʻshishiga ishonamiz. "Neftchi" PFK matbuot xizmati
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2023/12/IMG_20231206_150824_892-217x300.jpg]