Yangiliklarga qaytish
Umumiy

RASMAN:  ShAROF MUHIDDINOV - JAMOAMIZ AʼZOSI

6-iyul, 2023·1 min o'qish
084A0116

Sharof Muhiddinov 1997 yil 14 aprelda Jizzax viloyatida tugʻilgan. Yarim himoyachi ampluasida harakatlanadigan Sharof Muhiddinov "Nasaf" futbol klubidagi faoliyati orqali muxlislarga tanish boʻlib ulgurgan. Qarshiliklar safida 77 uchrashuvda 23 gol urishga erishgan futbolchi Toshkentning "Paxtakor" hamda Eronning "Sanat Naft" jamoalarida ham faoliyat olib borgan. Shuningdek, futbolchi Oʻzbekiston terma jamoasining turli toifalarida toʻp surgan. Hozirgi kunda milliy terma jamoasi aʼzosi hisoblanadi. Sharof Muhiddinov "Neftchi"ga erkin agent maqomida qoʻshildi. Jamoamizga xush kelibsiz Sharof! 🟢"Neftchi" PFK matbuot xizmati

084A0156084A0173
Ulashish

O'xshash yangiliklar