Yangiliklarga qaytish
Umumiy

RASMAN! "NEFTChI" UMAR ADXAMZODA VA SUNNATILLA ABDULLAJONOV BILAN ShARTNOMANI UZAYTIRDI

5-yanvar, 2023·1 min o'qish
084A8532

UMAR ADXAMZODA BILAN ShARTNOMA MUDDATI UZAYTIRILDI. Vitaliy Levchenko boshchiligidagi "Neftchi" PFK jamoasi va klub rahbariyati tarkibni shakllantirish borasida izchillik bilan faoliyat yuritmoqda. Oʻtgan mavsumda oʻzining yorqin oʻyinlari bilan Superligada qolishda katta hissa qoʻshgan iqtidorli himoyachi Umar Adhamzoda bilan shartnoma muddatini 1 yilga uzaytirilgani xaqida maʼlumot bergan edik. Bugun jamoamiz raxbariyati va murabbiylar shtabi kelishgan holda futbolchi bilan shartnoma muddatini 1+1 koʻrinishiga oʻzgartirilganligini maʼlum qilamiz SUNNATILLA ABDULLAJONOV BILAN ShARTNOMA UZAYTIRILDI. Oʻtgan mavsumda oʻzining yorqin oʻyinlari orqali muxlislar mehrini qozona olgan xujumchi Sunnatilla Abdullajonov bilan shartnoma muddati uzaytirildi. Yangi futbol mavsumida ham Abdullajonovga jamoamizning Superligadagi gʻalabali yurishlariga munosib hissa qoʻshishiga ishonch bildirgan holda, unga kuch-quvvat, gʻayrat-shijoat va ulkan omadlar yor boʻlishini tilaymiz. Eslatib oʻtamiz, Abdullajonov ushbu mavsum Superligada jami 21 bor maydonga tushgan va uch bor gol muallifiga aylangan va ikki marta assist rolini bajargan. Mavsum davomida jami maydonda 845 daqiqa harakat qildi. "Neftchi" PFK jamoasi!

IMG_20230105_221035_369IMG_20230105_221035_445
Ulashish

O'xshash yangiliklar