RASMAN: IBROHIMHALIL YO`LDOSHEV "NEFTCHI" FUTBOLCHISI!

Jamoamiz transfer oynasidagi navbatdagi kelishuvni amalga oshirdi. "Neftchi" jamoasi seleksiya ishlari jarayonini doimgidek faol tarzda davom ettirmoqda. Klub rahbariyati bugun navbatdagi transfer kelishuvini amalga oshirdi. Jamoamiz O`zbekiston Olimpiya terma jamoasining asosiy futbolchisi bo`lgan chap qanot himoyasida harakatlanadigan IbrohimHalil Yo`ldoshev bilan 1 yillik shartnoma imzoladi. Futbolchi o`tgan yilgi mavsumni Qozog`iston chempioni bo`lgan "Qayrat" jamoasida o`tkazdi. Huquqiy jihatdan Rossiyaning "Pari NN" klubiga tegishli bo`lgan futbolchi jamoamizga erkin agent maqomida kelib qo`shildi. IbrohimHalil Yo`ldoshevning transferi va futbolchi bilan shartnoma imzolanishida klubimizga ko`maklashgan "ProSports Management" guruhiga tashakkur bildiramiz. "Neftchi" jamoasiga xush kelibsan, IbrohimHalil! “Neftchi”ning yangi a’zosi IbrohimHalil Yo’ldoshev 31 yanvar kuni jamoamizning Antalyadagi o’quv-mashg’ulot yig’iniga kelib qo’shiladi. "Neftchi" PFK matbuot xizmati