RASMAN: GEORGIY NIKABADZE JAMOAMIZ AʼZOSI!

Georgiy Nikabadze 1991 yil 10 yanvarda Gruziyada tugʻilgan. Hujumchi ampluasida harakatlanadigan Georgiy Nikabadze «Dinamo" Batumi, «Samgurali», «Gudya Yunayted», «Merani» kabi futbol klublarida faoliyat olib borgan. Uning soʻnggi oʻynagan klubi Gruziyaning «Samgurali» jamoasi boʻldi. Georgiy Nikabadze ushbu jamoada 18 oʻyinda qatnashib, 9 ta gol urgan va 3 ta golga assissentlik qilgan. Shu bilan birga hujumchi Gruziya terma jamoasiga nomzod futbolchi hisoblanadi. Maʼlumot uchun, "Neftchi" ushbu futbolchining transfer huquqini «Samgurali» jamoasidan toʻliq sotib oldi. Futbolchi "Neftchi" safida oʻzining yorqin va hujumkor oʻyinlari orqali jamoamiz sharafini munosib himoya qilishiga ishonch bildirib, kelgusi faoliyatiga omad va zafarlar yor boʻlishini tilaymiz. Არაფრის , გიორგი ნიკაბიძე! "Neftchi" PFK matbuot xizmati