RASMAN: BILOLXON TOShMIRZAEV - "NEFTChI"GA QOʻShILDI!

Faoliyati davomida "Oqtepa", "Qoʻqon-1912" va "Turon" jamoalaridagi oʻyinlari orqali muxlislarga yaxshi tanish boʻlgan mahoratli futbolchi Bilolxon Toshmirzaev "Neftchi" bilan shartnoma imzoladi. Aniqroq qilib aytadigan boʻlsak, futbolchi jamoamizga Yaypanning "Turon" klubidan ijara shartnomasi asosida kelib qoʻshildi. Bilolxon Toshmirzaev joriy mavsumda "Turon" jamoasi safida 13 ta oʻyinda maydonga chiqib, 1072 daqiqa harakat qildi va ushbu vaqt ichida ikki golli uzatmaga mualliflik qildi. Bilolxon Toshmirzaev 1997 yilning 8 avgust kuni Namangan viloyatida tugʻilgan. Hozirgi kunda Oʻzbekiston Superligasida 60 ta uchrashuvda maydonga chiqib, ikkita gol urib, toʻrtta golga assistentlik qilgan. Bilolxon Toshmirzaevga jamoamiz safida yorqin va mazmunli oʻyinlarini namoyish etib, jonkuyar muxlislarimizga quvonchli lahzalarni ulashishida omad va zafarlar yor boʻlishini tilab qolamiz! https://youtu.be/4QGXXRxDKWM Xush kelibsiz Bilolxon!