Yangiliklarga qaytish
Onlayn

RASMAN: AKBAR TO‘RAYEV BILAN SHARTNOMA UZAYTIRILDI

29-dekabr, 2025·1 min o'qish
084A2764

Jamoamiz tarkibida bir necha yildan buyon darvozani ishonch bilan qo‘riqlab kelayotgan, tajribali va fidoyi posbon Akbarjon To‘rayev yangi mavsumda ham faoliyatini jonajon “Neftchi” safida davom ettiradigan bo'ldi. Klub va futbolchi o‘rtasidagi shartnoma yana bir yilga uzaytirildi. Akbar To‘rayev o‘zining tajribasi va maydondagi yetakchilik fazilatlari jamoaning chempionlik darajasiga ko‘tarilishida, shuningdek, klub nufuzining futbol olamida yanada mustahkamlanishida muhim o‘rin tutmoqda. Ishonamizki, Akbar To‘rayev yangi mavsumda ham o‘z mehnati va mahorati bilan jamoamizga munosib hissa qo‘shib, muxlislarni ishonchli o‘yinlari bilan xursand etishda davom etadi. Futbolchimizga yangi mavsumda sog‘liq, barqarorlik va jamoamiz bilan birgalikda yangi zafarlar tilaymiz.

Ulashish

O'xshash yangiliklar