Yangiliklarga qaytish
Umumiy

QURBON HAYITI TABRIGI!

9-iyul, 2022·1 min o'qish
IMG_20220708_234125_018

"Neftchi" futbol klubi aziz va muhtaram yurtdoshlarimizni shukronalik, mehr-oqibat va saxovat ayyomi sanalmish -- QURBON HAYITI bilan chin dildan samimiy muborakbod etadi. Bu saodatli damlarda vatandoshlarimiz Yaratgandan yurtimizga tinchlik-xotirjamlik, xalqimizga osuda va farovon hayot kechirishlarini soʻrab duo qilmoqdalar. Duogoʻy xalqimizning mana shunday fazilatli kunlarda elu yurtimiz haqida qilgan ezgu niyat va tilaklari ijobat boʻlib, aziz diyorimizni hamisha oʻz panohida asrashini tilaymiz. Xonadonlaringizni fayzu-baraka va osoyishtalik tark etmasin,olijanob va bagʻrikeng xalqimiz doimo omon boʻlsin. Ezgu intilish va ishlarimizda Yaratganning oʻzi hamisha madadkor boʻlsin! "Neftchi" matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar