Yangiliklarga qaytish
Umumiy

QO'SHNILARIMIZ YANA MAG'LUB BO'LDI

11-iyun, 2024·1 min o'qish
IMG_20240611_084912_685

Superliga chempionatida yuzaga kelgan kichik tanaffus paytida jamoamiz bugun navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvida Qirg'iz Respublikasi vakili O'shning "Alay" klubini qabul qildi. Birinchi bo'limga to'xtaladigan bo'lsak, o'yinda tashabbusga ega bo'lgan vakillarimiz ancha faol harakatlandi va ko'pgina golli vaziyatlarni yaratishga muvaffaq bo'ldi. Lekin, stadionda to'plangan muxlislar birinchi bo'limda faqat bitta gol guvohiga aylandilar. 21-daqiqada o'ng qanotdan chiroyli dribling namoyish etgan legionerimiz Mixay Roman qulay vaziyatda bo'lgan Mirzohid G'ofurovga to'pni oshirdi va futbolchimiz aniq zarba bilan darvozani ishg'ol etdi 1:0. Ikkinchi bo'limda murabbiylarimiz katta o'zgarishlarni amalga oshirdi va maydonga asosan yosh futbolchilarni tushirishga qaror qildi. Ikkinchi bo'limning ilk daqiqasidayoq hujumga o'tgan vakillarimiz tezkor gol kiritishdi. Bu vaziyatda chap qanotdan katta tezlikda jarima maydonchasi ichiga kirib kelgan Hurshid Muhtorovning uzatmasi Doniyor Valievga kelib tushdi va u osonlikcha ikkinchi to'pni kiritishga muyassar bo'ldi 2:0. Qolgan daqiqalarda tashabbus neftchilar tomonida bo'lishiga qaramay, darvozalarga boshqa to'p kiritilmadi. Shu tariqa jamoamiz yuzaga kelgan tanaffusdan samarali foydalanish maqsadida o'tkazgan ikkinchi o'rtoqlik bellashuvida ham g'alaba qozonib, ko'p sonli muxlislarimizni xursand etishda davom etdi. «Neftchi» — «Alay» 2:0 Gollar: Mirzohid G'ofurov va Doniyor Valiev "Neftchi": 35.Sanjar Quvvatov, 14.Xurshid Muxtorov, 4.Boyan Siger, 3.Jaloliddin Jumaboev, 19.Mirzohid G'ofurov (s) , 70.Abbos G'ulomov, 11.Javohir Qaxramonov, 24.G'ulomhaylar Gulyamov, 17.Sanjar Qodirqulov, 18.Mixay Roman, 77.Bilolhon Toshmirzaev. Ikkinchi bo'limda quyidagi tarkib maydonga tushdi: 35.Sanjar Quvvatov, 21.Muxsin Ubaydullaev, 20.Anvar G'ofurov, 3.Jaloliddin Jumaboev, 14.Xurshid Muxtorov, 66.Doniyor Valiev, 8.Ketelin Karp, 23.Diyor Turopov, 77.Bilolxon Toshmirzaev, 10.Shoxruz Norxonov, 28.Bexruz Oblakulov

Ulashish

O'xshash yangiliklar