QO'LDAN CHIQARILGAN G'ALABA

Bugun "Istiqlol" markaziy stadionida bo'lib o'tgan vodiy derbisida azaliy raqiblar duch kelishdi. Uchrashuvning dastlabki daqiqalari "Neftchi" albatta g'alaba qozonishga harakat qilishini ko'rsatdi. 3-daqiqadayoq himoyachi Anvarjon G'ofurov raqib darvozasini aniq nishonga olib, hisobni ochdi 1:0. Bu gol muxlislarni ayniqsa quvontirdi. Birinchi bo'lim oxirigacha ustunlik saqlab turildi. Lekin, ikkinchi bo'lim boshlanganda himoyachilarimiz raqiblar harakatini aniq nazoratga ololmay, uchrashuvning 80-daqiqasida o'z darvozalariga penaliti belgilanishiga sababchi bo'lishdi. Penalitini "Neftchi"ning sobiq o'yinchisi Toma Tabatadze darvozaga aniq yo'llab hisobni tenglashtirdi 1:1. Shundan keyin ikkala jamoa ham o'yinchilarni yangi kuchlar bilan to'ldirishga harakat qildi. Maydon egalari safida o'yinga qo'shilgan Sanjar Qodirqulov darhol o'zini ko'rsatib, mehmonlar darvozasiga gol kiritishga muvaffaq bo'ldi 2:1. Shundan keyin "Neftchi" muxlislari bu ustunlik g'alabaga olib keladi deb quvondilar. Afsuski, ishonch oqlanmadi. Mehmonlar ham bor kuchlari bilan hujumga otlanib, qo'shib berilgan vaqtning 90+6 daqiqasida yana hisobni tenglashtirishga erishdilar 2:2. Shu tariqa uchrashuv jangovar durang bilan yakunlandi. Futbolchilarimiz aniq g'alabani saqlab qola olmadilar. Ikkala jamoa ham o'ttiztadan ochko to'plagan holda turnir jadvalidagi o'rinlarini o'zgartirishga muvaffaq bo'lishmadi. "Neftchi" - "Navbahor" 2:2 20 oktyabri 2024 yil. Farg'ona, "Istiqlol" stadioni. 15:00 Hakamlar: Timur To'xtasinov, Husniddin Shodmonov, Shavkat Rahmatov, Ma'mur Ilhomov VAR: Davron Akmalov AVAR: Nasiba Toshmuhammedova Nazoratchi: Jahongir Saidov Komissar: Shohruh Said. Gollar: Anvarjon G'ofurov 3, - 1:0 (Quvondiq Ro'ziev). Toma Tabatadze 80 penaliti, - 1:1. Sanjar Qodirqulov 90, - 2:1 (Manuchehr Safarov). Azim Ahmedov 90+6, - 2:2. "Neftchi": 1. Botirali Ergashev, 2. Zoir Jo'raboev, 4. Boyan Siger, 11. Javohir Qahramonov (17. Sanjar Qodirqulov, 86), 19. Mirzohid G'ofurov (55. Manuchehr Safarov, 86), 20. Anvarjon G'ofurov, 24. G'ulom-Haydar G'ulomov, 30. Quvondiq Ro'ziev (23. Diyorjon Turopov, 81), 70. Abbosjon G'ulomov, 77. Bilolxon Toshmirzaev (22. Azizbek Amonov, 71), 99. Nsungusi Effiong. Zaxira: 45. Akbar To'raev, 8. Sardor Abduraimov, 10. Shoxruz Norxonov, 14. Xurshidbek Muxtorov, 21. Muhsinjon Ubaydullaev. "Navbahor": 35. Sanjar Quvvatov, 7. Azimjon Ahmedov, 10. Jamshid Iskanderov, 12. Saidazamat Mirsaidov (21. Giorgi Nikabadze, 79), 14. Jamshid Boltaboev, 22. Toma Tabatadze, 23. Yovan Jokich, 24. Dostonbek Abdulhaev (9. Odiljon Hamrobekov, 68), 34. Farruh Sayfiev, 55. Komiljon Tojidinov (20. Muzaffarxon Mo'minov, 68), 77. Abrorbek Ismoilov. Zaxira: 18. Eldorbek Suyunov, 4. Abror Karimov, 8. Siyavash Haqnazari, 17. Ruslanbek Jiyanov, 19. Sherzodbek Abdulboriev, 27. Javohir Tursunov. Ogohlantirishlar: Javohir Qahramonov 43, Toma Tabatadze 52, Abbos G'ulomov 79,