Yangiliklarga qaytish
Onlayn

QIRG'IZISTON YOSHLARIDAN IRODALI G'ALABA

20-mart, 2024·2 min o'qish
IMG_20240321_095509_373

Superligada vujudga kelgan tanaffusdan foydalangan jamoamiz vakillari ikkita xalqaro o'rtoqlik bahsini o'tkazish bo'yicha rejalashtirishgan bo'lib, birinchi o'yin bugun Qirg'iz Respublikasining U-20 terma jamoasiga qarshi kechdi. Birinchi bo'limda murabbiylarimiz ko'proq yoshlarga imkoniyat yaratib, o'rinbosarlar tarkibidan futbolchilarni jalb etdi. O'yinda tashabbus jamoamizda bo'lishiga qaramay birinchi bo'limda faqat bitta golga guvoh bo'ldik. 17-daqiqada jarima maydonchasi ichiga havolatib oshirilgan to'pni Shohruz Norxonov boshi bilan chiroyli usulda zarba berib, darvozani ishg'ol etdi 1:0. Ikkinchi bo'limda maydonga "Neftchi"ning asosiy tarkib o'yinchilari tushirildi va o'yin yanada shiddatli tus olib, hisob yirik ko'rinish oladi, deb ishonch paydo bo'lgan edi. Biroq, mehmonlarning 61-daqiqada qarshi hujumi darvozamizga 11-metrli penaliti va gol bilan yakunlagan bo'lsa, 75-daqiqada mehmonlar hisobda oldinga o'tib olishga ham erishishdi. Bu vaziyatda qirg'izistonlik Seytik Urustamov olisdan yo'llagan zarbasi himoyachimizga tegib, rikoshet usulida darvozadan joy oldi 1:2. Shundan so'ng yigitlarimiz katta bosim bilan harakatlanib, tez fursatda hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'lishdi. Bu vaziyatda jamoamiz sardori Mirzohid G'ofurov chiroyli tarzda darvozani ishg'ol etdi 2:2. Lekin, uchrashuvda qirg'izistonlik yoshlar iroda ko'rsatib darvozamizni uchinchi marta ishg'ol etishdi. Golni esa penalitidan Azamat Toshboltaev kiritib, hisobni 2:3 ko'rinishiga keltirdi. Qolgan daqiqalarda jamoamiz a'zolari ketma-ket xavfli hujumlarni tashkil etishgan bo'lsada barchasi samarasiz yakun topib, 2:3 hisobida qirg'izistonlik yoshlarning irodali g'alabasi bilan tugallandi. Nazorat uchrashuvi Farg'ona "Istiqlol" stadioni "Neftchi" 2:3 "Qirg'iziston U20" Gollar: Shoxruz Norxonov 1:0, Sardor Ne'matov 1:1, Sardor Ne'matov 1:2, Mirzoxid G'ofurov 2:2, Azamat Toshbo'latov 2:3. Bosh hakam: Olim To'ychiboev Qanotlarda: Shoxrux A'zamov, Aziz Isakov Nazoratchi: Sulton Zaylobidinov "Neftchi": 45.Akbar To'raev, 14.Xurshid Muhtorov, 21.Muxsin Ubaydullaev,3.Jaloliddin Jumaboev, 66.Doniyor Valiev, 27.Muxammadali Holmatov, 24.G'ulomxaydar Gulyamov 17.Sanjar Qodirqulov 77.Bilolxon Toshmirzaev, 28.Bexruz Oblakulov, 10.Shoxruz Norxonov. Zaxirada: 19.Mirzoxid G'ofurov, 4.Boyan Siger, 20.Anvarjon G'ofurov, 70.Abbos G'ulomov, 8.Katerin Karp, 23.Diyor Turopov, 11.Javoxir Qaxramonov, 99.Effiong Nsungusi, 18.Mixay Roman. Bosh murabbiy: Vitaliy Levchenko "Qirg'iziston U20": 1.Ismanaliev Aziret 9.Milan uulu Xamza 21.Kasimov Farux 5.Nematov Sardor 14.Asinov Rauf 6.Eshenkulov Atai 23.Kubanchbek uulu Manas 19.Madanov Iriskeldi 7.Bokoleev Sultan 18.Abdirasulov Kairat 2.Doolotkeldiev Adilet Zaxiradagilar: 17.Sergeev Aziz 4.Razulov Daniel 12.Allizhanov Nadjibulla 13.Baratov Oskon 20.Ernisov Emir 16.Urustamov Seytek 11.Arslanbek uulu Bekjan 29.Tashboltaev Azamat 10.Saytbekov Bael 3.Qoldoshov Dadtan 15.Omorov Daniel Bosh murabbiy: Mirlan Eshenev "Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar