QARZDORLIK TOʻLA BARTARAF ETILDI

"Neftchi" jamoasi yangi mavsumni har jihatdan koʻngilli va betashvish kutib olish uchun barcha moliyaviy va iqtisodiy imkoniyatlarni ham oqilona ishga solmoqda. Oʻtgan yili mamlakat birinchiligi musobaqasini koʻngildagidek yakunlagan jamoamiz yangi mavsumda bundan ham yaxshi natijalar koʻrsatish uchun astoydil xarakat qilmoqda. Shu asnoda oʻrinbosarlar, futzal va ayollar jamoalari ham yangi mavsumda asosiy tarkib singari oldilariga yetakchi oʻrinlarni qoʻlga kiritish uchun harakat qilishlari tabiiy.Shu oʻrinda alohida taʼkidlash kerakki, yuqorida koʻrsatilgan qarzdorliklar jamoa raxbariyati tomonidan bartaraf etilib, yangi mavsum uchun aniq rejalar tuzildi. Yangi mavsumda ham jamoalarimiz oʻz oldiga yuqori oʻrinlar uchun kurash olib borishi belgilab qoʻyildi. Klub tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlarning ish haqlari oʻz vaqtida hisob-kitob qilinib, ularga xizmat koʻrsatishlari uchun barcha sharoitlarni yaxshilash boʻyicha koʻrsatmalar belgilandi. "Neftchi" PFK matbuot xizmati