Yangiliklarga qaytish
Umumiy

"PAXTAKOR" - "NEFTChI"  PREVYu

5-avgust, 2023·1 min o'qish
084A3532

Superliganing 15-turidan oʻrin olgan markaziy oʻyinida "Neftchi" 5 avgust kuni mamlakatimizning amaldagi chempioni Toshkentning "Paxtakor" klubi mehmoni boʻladi. Jamoalarning oʻzaro uchrashuvlar statistikasiga nazar tashlaymiz. Klublar milliy chempionatimiz doirasida 57 ta oʻyinda maydonga tushishgan. Bularning 27 tasida "Paxtakor", 21 tasida esa "Neftchi" muvaffaqiyatga erishgan, 9 ta bellashuvda murosa koʻchasi tanlangan. Umumiy toʻplar nisbati 95-69 "Paxtakor" foydasiga. Jamoalarning Toshkentda boʻlib oʻtgan oxirgi 5 ta uchrashuv natijalari 10.03.2022. "Paxtakor"-"Neftchi" 1:0 31.03.2018. "Paxtakor"-"Neftchi" 3:0 12.08.2017. "Paxtakor"-"Neftchi" 6:0 28.05.2016. "Paxtakor"-"Neftchi" 1:2 16.05.2015.

  1. "Paxtakor"-"Neftchi" 2:0
Ulashish

O'xshash yangiliklar