"PAXTAKOR" BILAN BAXSGA ChIPTALAR SOTUVDA

"Neftchi" - "Paxtakor" uchrashuvi chiptalari bugundan sotuvga chiqariladi Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Superliga ikkinchi tur doirasida Fargʻonaning "Neftchi" jamoasi oʻz maydonida Toshkentning "Paxtakor" klubini qabul qiladi. Qiziqarli va tomoshabop ruhda oʻtishi kutilayotgan mazkur bahs , 10 mart kuni Fargʻona shahridagi "Istiqlol" oʻyingohida soat 18:30da boshlanadi. Mazkur uchrashuvni stadiondan turib tomosha qilish istagida boʻlgan muxlislar kirish chiptalarini bugundan boshlab "Istiqlol" stadioni kassalaridan xarid qilishlari mumkin, shuningdek muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida "Istiqlol" stadioni maʼmuriyati ushbu uchrashuvga sayyor kassalarni xam shahrimiz markazlariga yoʻnaltirishdi, bundan buyon jamoamiz ishtirokidagi uchrashuvlarga chiptalarni Fargʻona shahar dexqon bozori oldiddagi avtoturargoh yonidagi chiptaxonadan va "Ixlos" marketi yonidagi chorraxa orqa qismidagi maxsus chiptaxonadan xarid qilishingiz mumkin. Oʻtkazib yubormang! "Neftchi" PFK matbuot xizmati

