OʻZBEKISTON KUBOGI FINALI "ISTIQLOL" STADIONDA BOʻLADI
21-mart, 2024·1 min o'qish

Futbol bo'yicha O'zbekison Kubogining bu mavsumdagi finaliga Farg'onadagi "Istiqlol" stadioni mezbonlik qiladi Bugun bo'lib o'tgan O'zbekiston Kubogining guruh bosqichiga qur'a tashlash marosimi davomida joriy mavsumdagi kubok finaliga Farg'onadagi "Istiqlol" stadioni mezbonlik qilishi e'lon qilindi. Bu yilgi final o'yinini o'tkazishga "Istiqlol" bilan birga Andijondagi "Bobur arena" hamda "Olmaliq" stadionlari ham da'vogarlik qilgandi. Final 5 oktyabri kuni bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.