OʻZ KUChIGA IShONCh KUChAYMOQDA

Turkiyaning Antalya shahrida yangi mavsumga tayyorgarlik koʻrayotgan "Neftchi" bugun Gruziyaning "Kolxeti-1913" jamoasi bilan nazorat uchrashuv oʻtkazdi. Birinchi boʻlimning 15-daqiqasida gruziyalik futbolchilarimiz oʻz jarima maydonchasi ichida darvozaga toʻp urishga chogʻlangan Jasur Jaloliddinovni yiqitib, qomdani qoʻpol ravishda buzishdi. Hakam ular darvozasiga 11-metrli jarimani belgilashga majbur boʻldi. Jarima toʻpini jamoaga yangi kelib qoʻshilgan ruminiyalik hujumchi Mixay Roman mohirona amalga oshirib "Neftchi" oldinga olib chiqdi. Shundan keyin gruzin futbolchilari tashabbusni oʻz qoʻllariga olib hujumni kuchaytirishga urindilar. Ammo, bu harakatlar natija bermadi. Birinchi boʻlim jamoamiz ustunligi bilan 1:0 hisobida yakunlandi. Ikkinchi boʻlimda murabbiylarimiz bir qator oʻzgarishlarni amalga oshirdilar. Maydonga Gʻulom-Haydar Gulamov, Shohruz Norxonov, Bilolxon Toshmirzaev, Sanjar Qodirqulov hamda Muxsin Ubaydullaevlar tushirildi. Nazorat uchrashuvi "Neftchi" - "Kolxeti-1913" 2:0 Gol: Mixay Roman 15' (pen), Bilolxon Toshmirzaev 88' "Neftchi": 12.Botirali Ergashev, 4.Boyan Siger, 20.Anvar Gʻofurov, 2.Zoir Joʻraboev, 70.Abbos Gʻulomov, 5.Manuchehr Safarov, 26.Keterin Karp, 11.Javoxir Qaxramonov, 7.Jasur Jaloliddinov, 40.Xusayn Norchaev, 9.Mixay Roman. Bosh murabbiy: Vitaliy Levchenko "Neftchi" PFK matbuot xizmati