Yangiliklarga qaytish
Umumiy

OʻRTOQLIK UChRAShUVIGA TAYYoRGARLIK

10-noyabr, 2023·1 min o'qish
IMG_20231110_184436_838

Kecha Superliganing qoldirilgan uchrashuvini Yaypanda oʻtkazgan "Neftchi" futbolchilariga uch kun dam olish taʼtili berildi. Chempionatda yuzaga kelgan navbatdagi kichik tanaffusdan oqilona foydalanish maqsadida jamoamiz murabbiylar shtabi 16 noyabrda Tojikiston Respublikasining "Esxata" futbol klubi bilan oʻrtoqlik uchrashuvi boʻyicha reja tuzishgan va ushbu bellashuvni uyushqoqlik bilan oʻtkazish uchun qizgʻin tayyorgarlik koʻradilar. Mazkur uchrashuv Superliganing 25-tur asosida "Qizilqum" bilan oʻtkaziladigan rasmiy bellashuvga har jihatdan puxta hozirlik bilan borishga zamin yaratadi. Eslatib oʻtamiz, "Neftchi"-"Esxata" xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvi 16 noyabr kuni "Istiqlol" markaziy oʻyingohida soat 16:00 da boshlanadi. "Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar