OʻRTOQLIK UChRAShUVIDA YIRIK GʻALABA

Vitaliy Levchenko boshchiligidagi jamoamiz Qirgulidagi "Neftchi" SK stadionida navbatdagi oʻrtoqlik uchrashuvini Tojikistonning "Esxata" klubiga qarshi oʻtkazdi. Taʼkidlash joiz, murabbiylarimiz bugun barcha futbolchilar uchun nimaga qodir ekanliklarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratib berishdi. Birinchi boʻlimda harakatlangan futbolchilar oʻrniga, ikkinchi boʻlimda tarkib toʻliq almashtirildi. Uchrashuvda hisobni vakillarimiz ochib berishdi. Bu vaziyatda jamoamizga yaqinda kelib qoʻshilgan gruziyalik hujumchi Georgiy Nikabadze burchakdan oshirilgan toʻpga egalik qilib boshi bilan zarba yoʻlladi va darvozani ishgʻol etdi 1:0.Mazkur hisob tanaffusga qadar oʻzgarishsiz qoldi. Ikkinchi boʻlimda zaxiradan oʻyinga qoʻshilgan vakillarimiz ancha faol va hujumkor oʻyin namoyish etib, mehmonlar darvozasiga ancha-muncha xavf solib, ketma-ket uchta toʻp kiritishga muvaffaq boʻldilar.Oʻyinda toʻliq ustunlikka ega boʻlgan jamoamiz yakunda yirik 4:0 hisobidagi gʻalabani nishonladi. Xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvi 21 iyul "Neftchi" SK stadioni "NEFTChI"-"ESXATA" 4:0 Gollar: Georgiy Nikabadze, 5'(1:0), avtogol, 50'(2:0),Izzatilla Abdullaev, 58'(3:0), Izzatilla Abdullaev, 68'(4:0) "Neftchi" birinchi boʻlim: 45.Akbar Toʻraev, 3. Nodirxon Nematxonov, 26.Aleksey Larin, 4. Anton Krivchenko, 7.Umar Adxamzoda, 19.Mirzoxid Gʻofurov. 23.DiyorTuropov, 5.Eduard Emsis, 8.Sharof Muxiddinov, 35.Vaxib Tara, 22 Georgiy Nikabadze. "Neftchi" ikkinchi boʻlim: 12.Vladimir Nazarov 2.Zoir Joʻraboev 21.Muxsin Ubaydullaev 20.Anvar Gʻofurov 11.Izzatilla Abdullaev 10.Sunnatillo Abdulajonov 13.Lutfulla Toʻraev 17.Abdulloh Olimov 24.Gʻulomxaydar Gʻulomov. 9.Ulugʻbek Xoshimov 70.Abbos Gʻulomlar. Bosh murabbiy: Vitaliy Levchenko "Esxata" tarkibi: 93.Vladislav Shevchenko 19.Xuseyn Nurmatov 14.Oybek Abdugʻafforov 15.Roman Xibaba 10.Sayyod Kovusshox 20.Olim Karimov 17.Ibrohim Eshonxonov 5.Siyavush Asrorov 7.Shaxzod Mamurjonov 18.Daler Imomnazarov 22.Sanjar Rizqiboev Zaxirada: 16.Moʻminjon Gadoyboev 29.Muhammad Rustamov 21.Abdurahmon Uzaqov 8.Rustam Saburov 72.Mubin Moʻminov 81.Xoji Abdumamonov 11.Baxtiyor Zaripov Bosh murabbiy: Igor Surov "Neftchi" PFK matbuot xizmati