Yangiliklarga qaytish
Umumiy

OʻRTOQLIK UChRAShUVIDA KIChIK GʻALABA

14-iyun, 2023·1 min o'qish
084A2275

Bugun Qirgulidagi qarorgoh stadionida Vitaliy Levchenko shogirdlari chempionat bahslariga tayyorgarlik doirasida rejadan oʻrin olgan Qirgʻiz Respublikasining U-23 terma jamoasi bilan oʻrtoqlik uchrashuvida ishtirok etishdi. Taʼkidlash joiz, murabbiylarimiz bugun barcha futbolchilarga toʻp surish uchun imkoniyat yaratib berishdi. Birinchi boʻlimda zaxirada boʻlgan futbolchilar ikkinchi boʻlimda oʻyinga qoʻshilishdi. Uchrashuv esa jamoamizning ustunligida kechdi. Birinchi boʻlimning 10-daqiqasida himoyachilardan qochib ketgan Toma Tabatadze qoʻpollik evaziga toʻxtatildi. Bu vaziyatda bosh hakam penalti belgilashga majbur boʻldi. Penaltini esa jabrlanuvchining oʻzi, yaʼni Toma Tabatadze aniq amalga oshirib, oʻyinda hisobni ochdi. Keyinchalik vakillarimiz bir qator kombinasion hujumlar orqali hisobni oshirishga yaqin edilar. Lekin, mehmonlar posboni ishonchli oʻynab barcha xavflarni bartaraf etishga muvaffaq boʻldi. Tanaffusga jamoalar 1:0 hisobidagi natija bilan chiqishdi. Ikkinchi boʻlimda toʻliq yangilangan tarkib bilan maydonga chiqqan jamoamiz aʼzolari oʻyin davomida toʻliq ustunlikka erishib, ketma-ket xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirishdi. Ammo, barcha urinishlar samarasiz boʻlib chiqdi va yakunda bellashuv jamoamizning minimal 1:0 hisobidagi natijasi bilan tugadi. "NEFTChI"- QIRGʻIZ RESPUBLIKASI U-23 1:0 Gollar: Toma Tabatadze,10' pen. (1:0) "Neftchi": 45.Akbar Toʻraev 3.Nodirxon Neʼmatxonov 7.Umar Adhamzoda 19.Mirzohid Gʻofurov 20.Anvar Gʻofurov 22.Toma Tabatadze 23.Diyorjon Turapov 24.Gʻulom-Haydar Gulamov 26.Oleksiy Larin 28.Fozil Musaev 35.Murodbek Bobojonov Zaxirada: 1.Asror Kenjaev 4.Andriy Mishenko 5.Yuriy Batyushin 8.Nurillo Toʻxtasinov 10.Sunnatilla Abdullajonov 13.Lutfulla Toʻraev 14.Rahmonjon Roʻziev 21.Muxsinjon Ubaydullaev 27.Muhammad Ali Xolmatov 66.Doniyor Valiev 70.Abbosjon Gʻulomov 77.Fahriddin Muhammadov Qirgʻiz Respublikasi U-23: 16.Nurlanbekov Kurmanbek 3.Zaripbekov Eldiar 4.Kumarbay Bayaman 5.Nurlan Uulu Adilet 6.Kanibekov Adilet 9.Baktibekov Nurbol 17.Bekberdinov Arslan 19.Toktosunov Dastanbek 22.Kultaev Erbol 23.Bekberdinov Mirlan 24.Abilov Ernaz Zaxirada: 2.Datsiev Said 11.Artikbaev Uruskeldi 20.Keresbekov Midin 21.Kenjebaev Yermek 25.Akilbekov Elaman 7.Stalbekov Nurdoolot 8.Sharshenbekov Arsen 10.Abduvaliev Bektur 12.Beksulov Arlen 18.Ilichbek Uulu Atay Uchrashuvdagi gol va fotosuratlarni birozdan soʻng tomosha qilishingiz mumkin. "Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar