Yangiliklarga qaytish
Umumiy

OʻRTOQLIK UChRAShUVIDA IRODALI GʻALABA

18-iyun, 2023·1 min o'qish
IMG_20230619_095126_431

Sevimli jamoamizning rejasidan oʻrin olgan "Paxtakor"ga qarshi navbatdagi oʻrtoqlik uchrashuvi Vitaliy Levchenko shogirdlarining irodali 1:2 hisobidagi gʻalabasi bilan yakun topdi. Uchrashuvning 19 daqiqasida toshkentliklarning tashkillashtirilgan qarshi hujumi oqibatida R. Turdimurodov darvozamizni aniq nishonga olib, hisobni ochishga erishdi. Lekin, ushbu bahsga jiddiy tayyorgarlik olib borgan Vitaliy Levchenko shogirdlari Toma Tabatadzening mahorati evaziga hisobni 1:1 koʻrinishiga keltirishdi. Durang natijadan qoniqmagan futbolchilarimiz hujumlarini davom ettirib, birinchi boʻlim oxiriga bir necha daqiqalar qolganda "Paxtakor" darvozasini ikkinchi bor ishgʻol etishga muvaffaq boʻlishdi. Bu vaziyatda Nurillo Toʻxtasinov har galgidek oʻz uslubida chiroyli gol kiritib, "Neftchi"ni oldinga olib chiqdi. Birinchi boʻlimdan soʻng 1:2 hisobidagi ustunlik bilan tanaffusga chiqqan jamoamiz aʼzolari, ikkinchi boʻlimda ham ancha faol va mazmunli oʻyin namoyish etishib, mezbonlarga gol kiritish uchun hech qanday imkoniyat qoldirishmadi. Yakunda esa amaldagi chempion ustidan irodali gʻalaba qoʻlga kiritildi. Toshkent shahar. 18 iyun "Paxtakor" stadioni "PAXTAKOR"-"NEFTChI" 1:2 "Paxtakor": 35.S.Quvvatov, 5.D.Tursunov, 10.D.Cheran, 12.S.Poyonov, 16.R.Turdimurodov, 17.D.Hamdamov, 28.D.Xolmatov 30.Sh.Rahmatullaev, 31.M.Usmonov, 40.D.Ortiqboev, 90.J. Alijonov "Neftchi": 45.Akbar Toʻraev 7.Umar Adhamzoda 8.Nurillo Toʻxtasinov 13.Lutfulla Toʻraev 19.Mirzohid Gʻofurov 20.Anvarjon Gʻofurov 21.Muxsinjon Ubaydullaev 22.Toma Tabatadze 23.Diyorjon Turopov 24.Gʻulom-Haydar Gulamov 26.Aleksey Larin Gollar: R. Turdimurodov, 19'(1:0), T. Tabatadze, 28'(1:1), N.Toʻxtasinov, 42'(1:2) "Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar