Yangiliklarga qaytish
Umumiy

OʻRTOQLIK UChRAShUVI QOʻQONDA BOʻLIB OʻTADI

25-sentabr, 2022·1 min o'qish
IMG_20220925_124151_647

Superligada yuzaga kelgan qisqa muddatli tanaffusdan unumli foydalanish maqsadida jamoamiz murabbiylar shtabi ikkita oʻrtoqlik uchrashuvini oʻtkazish boʻyicha reja ishlab chiqishgan. Xabaringiz bor, Oʻsh shahrining "Kaganat" klubi bilan dastlabki oʻrtoqlik bellashuvi Quvasoyda boʻlib oʻtdi. Navbatdagi oʻrtoqlik nazorat bahsi esa 27 sentyabr kuni Qoʻqon shahrining "Markaziy" oʻyingohida oʻtkaziladi. Shu kungi raqibimiz "Qoʻqon-1912" jamoasi hisoblanadi. Eslatib oʻtamiz, "Qoʻqon-1912"-"Neftchi" uchrashuvi 27 sentyabr (seshanba) kuni soat 16:00 da boshlanadi. Barcha jonkuyar muxlislarimizni jamoamizni qizgʻin qoʻllab-quvvatlash uchun ushbu bellashuvga taklif etamiz. "Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar