Yangiliklarga qaytish
Umumiy

OʻRTOQLIK BAHSIDA "QOʻQON-1912" YIRIK HISOBDA MAGʻLUB BOʻLDI

20-avgust, 2023·1 min o'qish
IMG_20230820_214813_759

Oraliqda yuzaga kelgan kichik tanaffusdan unumli foydalanish maqsadida Vitaliy Levchenko boshchiligidagi "Neftchi" jamoamiz bugun Qirgulidagi qarorgoh stadionida viloyat derbisida "Qoʻqon-1912" klubi bilan oʻrtoqlik bahsida maydonga tushdi. Uchrashuvda ikkala jamoa murabbiylari oʻyin amaliyotiga ega boʻlmagan futbolchilarni tushirishga harakat qilishdi. Ayniqsa, qoʻqonliklar tarkibida zaxira oʻyinchilariga toʻliq 90 daqiqa oʻynash imkoni taqdim etildi. Birinchi boʻlimda jamoamiz safida oʻynagan futbolchilar mehmonlar darvozasini 3 marta ishgʻol etishgan boʻlishsa, tannaffusdan soʻng zaxiradan tushgan yigitlarimiz ham 3 marta toʻp kiritishga muvaffaq boʻldilar. Uchrashuv yakunlanishiga sanoqli daqiqalar qolgan paytda mehmonlar darvozamizga 11-metrli penalti orqali hisobni qisqartirishga erishdilar. Yakunda esa tajriba bobida ustun boʻlgan vakillarimiz yirik 6:1 hisobida gʻalaba qozondilar. Qirguli "Neftchi" SK stadioni 20 avgust 18:30. "Neftchi" 6-1 "Qoʻqon 1912" Bosh xakam: Shoxrux Aʼzamov, Bobur Zokirov, Azizbek Isaqov. Gollar: Sharof Muxitdinov 10 1:0, Georgiy Nikabadze 25 2:0, Xabib Sharipov avt 40 3:0, Izzatilla Abdullaev 52 4:0, Fozil Musaev 70 5:0, Abbos Gʻulomov 82 6:0, Ibrohim Muxtorov 90 pen 6:1. "Neftchi" Birinchi boʻlimda: 45.Akbar Toʻraev, 5.Tomislav Mrsela, 20.Anvarjon Gʻofurov, 2.Zoir Joʻraboev, 7.Umar Adhamzoda, 19.Mirzoxid Gʻofurov, 13.Lutfulla Toʻraev (s), 24.Gʻulom haydar Gʻulomov, 8.Sharof Muxitdinov, 22.George Nikabadze, 40.Bachana Arabuli. Ikkinchi boʻlimda: 1.Asror Kenjaev, 21.Muxsin Ubaydullaev, 26.Aleksey Larin, 3.Nodirxon Neʼmatxonov, 17.Abdulloh Olimov, 28.Fozil Musaev, 70.Abbos Gʻulomov, 10.Sunnatillo Abdullajonov, 11.Izzatilla Abdullaev, 9.Ulugʻbek Xoshimov, 77.Bilolxon Toshmirzaev. "Qoʻqon 1912": 99.Mirzoxidjon Jalilov, 15.Xabib Sharipov, 4.Azamat Isroilov, 5.Abduxoliq Qurbonov, 7.Jamshid Hasanov, 17.Sardor Yetovqoʻziev, 30.Ibrohimjon Muxtorov, 9.Islombek Isoqjonov, 14.Doniyor Ismailov, 44.Farxod Mirahmadov, 11.Shahzod Beshimov Bosh murabbiy: Muxsin Nizomiddinov Ogohlantirishlar: Sardor Yetovqoʻziev 25, Jamshid Xasanov 75. "Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar