O'RTOQLIK BAHSIDA IRODALI G'ALABA

Bugun Qirgulidagi "Neftchi" SK stadionida vodiyning ikki yetakchi klublari "Neftchi" hamda "Andijon" o'rtasida o'rtoqlik bellashuvi bo'lib o'tdi. Aytib o'tish joizki, ushbu o'yinda har ikkala jamoada bir qator yetakchi futbolchilar qatnashmadi. Shuning uchun murabbiylar zaxirada o'yin amaliyotisiz qolib ketayotgan ko'plab futbolchilarga imkoniyat yaratish maqsadida ularni maydonga tushirishga qaror qildilar. Uchrashuv esa jamoamizning hujumlari bilan boshlanishiga qaramay o'yindagi hisobni andijonliklar ochishga muvaffaq bo'lishdi.Qanotdan oshirilgan uzatmaga birinchi bo'lib yetib kelgan Rustam Turmurodov boshi bilan aniq zarba yo'llab mehmonlarni oldinga olib chiqdi. Keyinchalik tashabbusni qo'llariga olgan vakillarimiz har qancha urinishmasin tanaffusga jamoalar 0:1 hisobi bilan yo'l olishdi. Ikkinchi bo'limda murabbiylarimiz o'zgarishlarni amalga oshirishdi va zaxiradan maydonga chiqqan Anvarjon G'ofurov 70-daqiqada jarima maydonchasi ichiga tepalatib oshirilgan burchak to'pini boshi bilan darvozaga yo'lladi va hisobni tenglashtirdi 1:1.Urilgan goldan keyin ham futbolchilarimiz bo'shashmay oxirigacha kurash olib bordilar va ushbu urinishlar o'z mevasini berdi desak aslo mubolag'a bo'lmaydi. 86-daqiqada Bilolxon Toshmirzaevning bergan kuchli zarbasini mehmonlar posboni qaytarishga erishdi, lekin qaytgan to'pni Sanjar Qodirqulov mohirlik bilan darvoza to'riga joylab qo'ydi 2:1. Shundan so'ng neftchilarda darvozani ishg'ol etish uchun bir qancha imkoniyatlar yuzaga kelgan bo'lsada, yakunda iroda kuchini namoyish etgan futbolchilarimiz g'alaba qozonib, stadionga tashrif buyurgan ko'plab muxlislarimiz olqishlariga sazovor bo'ldilar. Bugungi irodali g'alaba bilan yigitlarimizni tabriklab, keyingi uchrashuvlarda ham omad va zafarlar yor bo'lishini tilaymiz. NAZORAT UChRAShUVI "Neftchi" 2-1 "Andijon" Gollar: Rustam Turmurodov 5' 0:1, Anvar G'ofurov 50' 1:1 , Sanjar Qodirqulov 86' 2:1. Farg'ona "Neftchi" SK stadioni Bosh hakam: Shoxrux A'zamov "Neftchi": 35.Sanjar Quvvatov, 14.Xurshid Muxtorov, 21.Muxsin Ubaydullaev, 3.Jaloliddin Jumaboev, 19.Mirzohid G'ofurov (s) , 70.Abbos G'ulomov, 23.Diyor Turopov, 24.G'ulomhaylar Gulyamov, 17.Sanjar Qodirqulov, 18.Mixay Roman, 77.Bilolhon Toshmirzaev. Zahiradagilar: 16.Asror Kenjaev, 4.Boyan Siger, 14.Xurshid Muxtorov, 8.Ketelin Karp, 66.Doniyor Valiev, 71.Nodir Axmadjonov, 11.Javoxir Qaxramonov, 28.Bexruz Oblakulov, 27.Muxammadali Holmatov, 76.Fahriddin Muxammadov "Andijon" : 1.Eldor Adhamov, 21.Ildar Mamatkazin, 4.Marken Chobanov, 13.Sardor Azimov, 66 Ilhom Alijonov, 8.Farhoj Bekmurodov, 9.Levan Arlveladze, 19.Suxrob Berdiev, 11.Sunnatillo Abullajonov, 94.Armin Boshnyak , 77.Rustam Turmurodov. Zahiradagilar: 12. Moxir Komilov, 14.Abdurahmon Komilov, 71. Bektemir Abdumannonov, 2.Izzatillo Abdurasulov, 25 .Asadbek Habibulloev, 70.Xamidullo Karimov, 18.Saidmurot Karimov, 51.Luka Zgurskiy, 99.Nadari Kaftaradze. Bosh murabbiy: Aleksandr Xomyakov
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/06/084A2161-300x200.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/06/084A2166-300x200.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/06/084A2167-300x200.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/06/084A2170-300x200.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/06/084A2175-300x200.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/06/084A2176-300x200.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/06/084A2180-300x200.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/06/084A2184-300x200.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/06/084A2188-300x200.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/06/084A2187-300x200.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/06/084A2186-300x200.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/06/084A2191-300x200.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/06/084A2200-300x200.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/06/084A2202-300x200.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/06/084A2214-300x200.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/06/084A2210-300x200.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/06/084A2220-300x200.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/06/084A2226-300x200.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/06/084A2234-300x200.jpg]