OʻRTOQLIK BAHSIDA DURANG

Jamoamiz bugun qoʻshni Qirgʻiziston Respublikasi Premyer liga ishtirokchisi Oʻsh shahrining "Kaganat" klubi bilan maydonda raqobatlashdi. Bellashuv oʻrtoqlik maqomida oʻtganligiga qaramay maydonda haqiqiy jang kechdi. Jamoamiz vakillari birinchi boʻlimning 12 daqiqasidayoq hisobni ochishga muvaffaq boʻlishdi. Maydon markaziga yaqin joydan Doniyor Valievning chiroyli uzatmasidan soʻng darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borgan Shahzod Ubaydullaev hisobni ochishga erishdi. Shundan soʻng jamoamizda bir qancha yaxshi imkoniyatlar yuzaga keldi, biroq samaradorlik borasida oqsadik. Mehmonlar ham birinchi boʻlim yakunida hisobni tenglashtirish uchun hujumga oʻta boshlashdi va bu yakunda oʻz samarasini berdi. Raqiblar burchak toʻpini amalga oshirgach, himoyachilarimiz hatosidan unumli foydalangan Begzadbek Nasirov hisobni 1:1 koʻrinishiga olib keldi. Ushbu hisob birinchi boʻlim oxirigacha saqlanib qoldi. Ikkinchi boʻlimda jamoamiz zaxiradagi oʻyinchilarni maydonga tushirgach, oʻyin ancha jonlandi. Bir qator hujumlar havfli vaziyatlarga olib keldi. Lekin barcha urinishlar samarasiz yakunlandi. Gohida raqib posboni yaxshi harakat qilgan boʻlsa, gohida futbolchilarimizga omad yetishmadi. Stadionga tashrif buyurgan muxlislar ikkinchi boʻlimda boshqa gol koʻrishmadi va tabloda 1:1 hisobi oʻzgarishsiz qoldi. "NEFTChI " 1 : 1 "KAGANAT" "Neftchi": 69 Yevgeniy Konyuxov (1.Mashxur Muxammaddjonov, 46), 44.Darko Stanoevich (4.Andrey Mishenko, 46), 21.Muxsin Ubaydullaev, 31.Nodir Neʼmatxonov(26.Aleksey Larin,46), 70.Abbos Gʻulomov, 88.Doniyor Valiev(22 Umar Adxamzoda, 68), 6.Sirojiddin Qoʻziev, 17.Abdulloh Olimov(13 Lutfulla Toʻraev, 68), 25 Doniyor Madaminov(19 Mirzohid Gʻofurov, 68), 9.Sunnatilla Abdullajonov, 46.Shaxzod Ubaydullaev(76 Fahriddin Muxammadov, 71). "Neftchi" PFK matbuot xizmati