Yangiliklarga qaytish
Umumiy

OʻRTOQLIK BAHSIDA BU SAFAR KUChLAR TENG KELDI

15-oktabr, 2023·1 min o'qish
084A2177

Supeligada yuzaga kelgan tanaffusda jamoamiz navbatdagi oʻrtoqlik uchrashuvini "Istiqlol" markaziy oʻyingohida tashkil etdi. Bugungi raqibimiz qoʻshni Qirgʻiz Respublikasi Oliy divizioni chempionatida karvonboshilik qilib kelayotgan Oʻsh shahrining "Alay" klubi boʻldi. Birinchi boʻlimga toʻxtaladigan boʻlsak, har ikki jamoa vakillari bir qancha hujumlarni tashkil etishgan boʻlsada, deyarli xavfli vaziyat yaratilmadi va tanaffusga jamoalar nursiz durang 0:0 hisobida chiqib ketishdi. Asosiy voqealar rivoji ikkinchi boʻlimda sodir etildi. Bachana Arabuli oʻrniga almashtirilgan Bilolxon Toshmirzaev oʻyinga joziba kiritdi va aynan uning ajoyib uzatmasidan soʻng mehmonlar darvozasini Giorgi Nikabadze chiroyli tarzda ishgʻol etishga muvaffaq boʻldi 1:0. Bir necha daqiqa oʻtgach navbatdagi kombinasion hujumda gruziyalik legionarimiz hisobni oshirishga yaqin edi. Ammo, uning yoʻllagan zarbasi darvoza toʻsiniga tegib qaytdi. Bu vaziyatda Giorgiga biroz omad yetishmay qoldi. Uchrashuv jamoamizning ustunligida oʻtayotgan bir paytda mehmonlarning kam sonli qarshi hujumlaridan biri gol bilan yakun topdi. Bu vaziyatda oʻng qanotdan jarima maydonchamiz ichiga katta tezlikda kirib kelgan Shohruh Muratov darvozamizni aniq nishonga olib, hisobni tenglashtirishga erishdi 1:1. Bu hisob uchrashuv oxiriga qadar oʻzgarmadi va oʻshliklar bilan oʻtkazilgan ikkinchi oʻrtoqlik uchrashuvimizda murosa kuchasi tanlandi. XALQARO OʻRTOQLIK OʻYINI Fargʻona sh. "Istiqlol" stadioni "Neftchi" (Fargʻona) 1-1 "Alay" (Osh, Qirgʻiz Respublikasi) Gollar: Georgiy Nikabadze 54 1:0, Shoxrux Muratov 75 1:1. Hakamlar: Olim Toʻychiboev,ShohruhAʼzamov, Azizbek Isoqov. "Neftchi": 45.Akbar Toʻraev 3.Nodir Neʼmatxonov 5.Tomislav Mrchela 7.Umar Adhamzoda 20.Anvarjon Gʻofurov 22.Giorgi Nikabadze 23.Diyor Turopv 24.Gʻulom-Haydar Gulamov 28.Fozil Musaev 40.Bachana Arabuli Zaxirada: 10.Sunnatilla Abdullajonov 14.Rahmonjon Roʻziev 15.Muxsin Bozorov 16.Muxriddin Shermatov 19.Mirzohid Gʻofurov 27.Muhammadali Xolmatov 33.Abdulvosid Vosidjonov 50.Shohruh Yoqubjonov 71.Nodirbek Ahmadjonov 77.Bilolxon Toshmirzaev 88.Xumoyun Bozorboev Bosh murabbiy: Vitaliy Levchenko "Alay": 1.Dastan Alibekov 2.Danila Sokirchenko 8.Aziz Sidiqov 9.Nurbolot Irisbekov 10.Nurlan Sarikbaev 11.Dinmuhammad Taalaybekov 14.Nodir Ibragimov 17.Marat Adjiniyazov 19.Yuriy Seniskiy 77.Shoxjaxon Satixonov Zaxirada: 16.Omurzak Oronbaev 18.Abror Kadiraliev 25.Shohruh Muratov 29.Kudret Iskandarbekov 96.Islom Abdullaev Bosh murabbiy: Aybek Tatanov "Neftchi" PFK matbuot xizmati

084A2154084A2159084A2163084A2166084A2178084A2200084A2207084A2221084A2229084A2240084A2177084A2180084A2178084A2183084A2187084A2188084A2189084A2190084A2191084A2193084A2196084A2194084A2197084A2198084A2199084A2201084A2200084A2205084A2223084A2224084A2228084A2230084A2227084A2233084A2234084A2242
Ulashish

O'xshash yangiliklar