O'RINBOSARLARIMIZDAN MUHIM G'ALABA

27 may kuni U-21 chempionati 9-tur bahsida Aziz Alijonov boshchiligidagi "Neftchi" U-21 jamoamiz turnir peshqadami Olmaliqning OKMK o'rinbosarlarini imtixondan o'tkazdi. Aytib o'tish joiz, ushbu bellashuv keskin va murosasiz kurashlarga boy tarzda o'tdi. Birinchi bo'limda har ikkala jamoada ham darvozani ishg'ol etish uchun qulay imkoniyatlar yuzaga kelgan edi. Ammo, bu vaziyatlarda futbolchilarga aniqlik va omad yetishmadi va durang natija bilan jamoalar maydonni tark etib, tanaffusga chiqishdi. Ikkinchi bo'limda yigitlarimiz o'yindagi faollikni oshirishga erishib, mehmonlar darvozasi oldida bir necha bor xavfli kombinasiyalarni amalga oshirish natijasida 52-daqiqada iste'dodli hujumchimiz Behruz Oblaqulov aniq zarba bilan hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi 1:0. Goldan ruhlangan futbolchilarimiz bosim o'tkazishda davom etishdi va 67-daqiqada Miraziz Mahammadov katta tezlikda himoyachilardan qochib ketib ikkinchi golni darvozaga chiroyli tarzda joylab qo'ydi 2:0. Shundan so'ng o'yindagi tashabbus asta sekinlik bilan olmaliqliklar tomoniga o'tdi va katta kuch bilan oldinga intilgan mehmonlar Asror Kenjaev qo'riqlayotgan darvozaga juda ko'plab xavf tug'dirishga erishdilar. Lekin, shu kuni yosh va umidli posbonimiz mahorat va barcha imkoniyatlarini ishga solib, muqarrar gollardan saqlab qolishga muyassar bo'ldi. Mag'lubiyatdan qutilish maqsadida esa mehmonlar o'yin oxirigacha tinimsiz bosim uyushtirishlariga qaramay yakunda hisob o'zgarishsiz 2:0 bilan tugadi. Barcha futbolsevar muxlislarimiz nomidan Aziz Alijonov bosh murabbiyligidagi o'rinbosarlar jamoasini peshqadam ustidan qozonilgan ishonchli g'alaba bilan muborakbod etib, keyingi uchrashuvlarda ham omad va zafarlar yor bo'lishini tilaymiz "NEFTCHI" U21 - OKMK U21 2:0 Bosh hakam: Isroil Imomnazarov Yordamchi xakamlar: Shoxrux A'zamov, Bobur Zokirov. Zaxira hakami: Sanjar Raxmonov Nazoratchi: Oleg Dachev Komissar: Begzod Aripov "Neftchi" U21: 16.Asror Kenjaev, 15.Xabib Sharipov, 33.Shoxrux Yoqubjonov, 3.Jaloliddin Jumaboev, 66.Doniyor Valiev, 27.Muxammadali Holmatov, 25.Abdulvosid Vosidjonov, 24.G'ulomxaydar Gulyamov, 28.Bexruz Oblakulov, 76.Faxriddin Muxammadov, 43.Abdulaziz Saloxiddinov. Zaxiradagilar: 65.Dilshod Erkinov, 30.Miraziz Maxammadaliev, 34.Javoxir Qosimov, 75.Muxsinjon Maxmudov, 61.Begzod Abduvaliev Bosh murabbiy: Aziz Alijonov